Kirish Ro'yxatdan o'tish

Madrid meri: "Mbappe menga "Atletiko"ga o‘tishini aytdi"

Madrid meri: "Mbappe menga "Atletiko"ga o‘tishini aytdi"

Baho:
+1 | -

Madrid meri Xose Luis Martines-Almeyda "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe "Real"ga o‘tgani haqidagi mish-mishlar haqida hazil qildi.

"Mbappe menga "Atletiko"ga o‘tishini aytdi", - deya Martines-Almeyda so‘zlarini keltiradi Marca.

Kecha, 16-may kuni Madridning “Real” klubi Mbappe bilan shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabar berilgandi. 23 yoshli hujumchi Madrid klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

2021/22 yilgi mavsumda Mbappe "PSJ" safida 45 o‘yinda 36 gol urdi va 26 golga assistentlik qildi. Hujumchining parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Kiritildi: 19:44, 17.05.2022.
O'qildi: 6945 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.