"Liverpul" yarim himoyachisi Tyago Alkantara jamoaning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
31 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda ilk bor "Liverpul"da oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. O‘tgan oyda u 9 ta o‘yinda maydonga tushgan va ularning 7 tasini asosiy tarkibda boshlagan.
Yarim himoyachi joriy mavsumda “qizillar” safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.