Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/11 01:00 Monako 2-3 Benfika
28/11 01:00 Aston Villa 0-0 Yuventus
28/11 01:00 Bolonya 1-2 Lill
28/11 01:00 Seltik 0-0 Bryugge
28/11 01:00 Dinamo Zagreb 0-3 Borussiya D
28/11 01:00 Liverpul 2-0 Real Madrid
28/11 01:00 PSV 3-2 Shaxtyor
28/11 15:00 Istern 1-4 Sidney
28/11 15:00 Chonbuk Motors 4-0 Sebu
28/11 17:00 Kaya–Iloilo 1-1 Sanfrechche Xirosima
28/11 17:00 Jechjiang 4-2 Lion Siti Seylors
28/11 17:00 Selangor 1-2 Muangtong Yunayted
28/11 19:00 Port 2-2 Persib
30/11 00:45 Kalyari - Verona
30/11 01:00 Brayton - Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka - Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta

Qiziq! Ronaldu bu ro‘yxatda yo‘q

Qiziq! Ronaldu bu ro‘yxatda yo‘q

Baho:
+ | -

 

Angliya premyer-ligasida mavsum yakunida an’anaviy tarzda natijalar sarhisob qilinadi va eng yaxshilari tanlanadi. Nominasiyalardan biri “Eng yaxshi futbolchi” mukofotidir. 2021/2022-yilgi mavsum uchun nomzodlar ro‘yxatiga: “Manchester Siti”ning ikki futbolchisi (Joau Kanselo va Kevin De Bryuyne), “Liverpul”ning ikki futbolchisi (Trent Aleksandr-Arnold va Muhammad Saloh), “Arsenal”dan Bukayo Saka, Son Xyon Min (“Tottenxem”), Jarrod Bouen (“Vest Xem”) va Jeyms Uord-Prous (Sautgempton"). Ronaldu esa bu ro‘yxatdan tushib qolgan.

Ko‘pchilik uchun bu qaror g‘alati tuyuldi. Portugaliyalik futbolchi mavsumning eng yaxshi to‘purarlari qatoridan joy oldi (faqat Saloh va Son undan ko‘proq gol urgan). Ronaldu ikki marta (sentyabr va aprel) oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.

Futbolchilarni Oliy liga homiylari yig‘adigan maxsus komissiya tanlaydi. Uning tarkibiga futbol boshqaruv organlari a’zolari, OAV vakillari va muxlislar kiradi.

Saloh, De Bryuyne, Aleksandr-Arnold va Son Xyon Minning nomzodlari hech qanday savol tug‘dirmaydi, qolganlari-chi? Ular rostan Ronaldudan yaxshiroq mavsum o‘tkazdimi?

Joau Kanselo (“Manchester Siti”)

U klubining juda muhim futbolchisiga aylandi. Garchi u bunday ajoyib statistikaga ega bo‘lmasa-da (mavsumning 35 o‘yinida - bitta gol va yetti golli uzatma), Kanselu turli pozitsilarda o‘ynaydi, u Gvardiolaning maxfiy quroli. Jamoadagi eng yaxshilardan biri? Ha. Lekin bu "mavsumning eng yaxshi futbolchisi"ga davogarlar qatoriga kirish uchun yetarlimi?

Bukayo Saka (“Arsenal”)

"Arsenal"dagi eng sermahsul (11+6), ammo Ferdinandning g‘azabini tushunish mumkin. Saka boshqalar qatorida ajoyib futbolchi. Emil Smit-Rou ham oldinga siljidi, Edegor umuman sardorga aylandi. Shu bilan birga, Sakani haqiqiy lider deb atash mumkin emas.

Jarrod Bouen (“Vest Xem”)

Devid Moyes yaratgan "Vest Xem"ning eng yaxshi futbolchisi Bouen hisoblanadi. Bouen ajoyib  statistikaga ega (12+12), u turli pozisiyalardan himoyani buzadi (qanot yarim himoyachisi, hujumchi, “o‘nlik” ham edi).

Jeyms Uord-Prous (“Sautgempton”)

Mana, "Sautgempton" sardori Uord-Prous umuman klub bilan ligada qolish uchun kurashmoqda. Jeyms ham ajoyib mavsum o‘tkazdi (9+5), u jarima zarbalaridan hammani dahshatga solmoqda, u Angliya terma jamoasiga jalb qilindi.

"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag allaqachon Ronalduni saqlab qolishni istashini aytgan bo‘lsa-da, shaxsiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha u bunday yaxshi mavsumni yana takrorlashi olishi dargumon. Shunday qilib, ehtimol, Premyer-liga tarixiga kirish uchun so‘nggi imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

Bungacha Krishtianu bu sovrinni ikki marta - 2007 va 2008 yillarda qo‘lga kiritgan.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 22:28, 19.05.2022.
O'qildi: 8307 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.