Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

«Yaxshi futbolchidan har doim ham yaxshi murabbiy chiqavermaydi». Aleksandr Geynrix — o‘tmishdagi yorqin o‘yinlari, hozirgi hayoti va kelajakdagi rejalari haqida

«Yaxshi futbolchidan har doim ham yaxshi murabbiy chiqavermaydi». Aleksandr Geynrix — o‘tmishdagi yorqin o‘yinlari, hozirgi hayoti va kelajakdagi rejalari haqida

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix O‘zbekiston va Italiya A Seriyasi afsonalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng O‘FAga intervyu berdi.

O‘zbekiston va Italiya A Seriyasi yulduzlari o‘rtasidagi uchrashuv haqida
— O‘zim uchun qadrli bo‘lgan «Paxtakor» stadioniga qaytish yoqimli bo‘ldi. O‘yinni esa o‘zingiz ko‘rdingiz, boshqa hech narsa deya olmayman (kuladi). Tashkilotchilik yaxshi bo‘lgan. Italiyalik hamkasblar bilan suhbatlashganimda, ular ham barchasi zo‘r o‘tganini aytdi. Ular 2-3 kundan buyon O‘zbekistonda va albatta, osh yegan.

Terma jamoadan chaqiruvga darhol javob bergani haqida
— Men bilan aloqaga chiqishganda, umuman muammo yo‘qligini aytdim. Shunday futbolchilar bilan o‘ynash yana qachon nasib etadi?

Hozir nima bilan shug‘ullanayotgani haqida
— Hozir oilamga ko‘proq vaqt ajratyapman. Shuncha yil futbol o‘ynadim, doim ham uyda bo‘lolmasdim. Shuning uchun oilam bilan birga bo‘lish uchun tanaffus oldim. Ayni vaqtda Moskvadaman.

Kelajakdagi rejalari haqida
— Bu haqida ochiq gapira olmayman. Tez orada bilib olasiz.

Murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish ehtimoli haqida
— Ha, shunday ehtimol bor. Lekin yaxshi futbolchi degani har doim ham yaxshi murabbiy bo‘ladi degani emas. Menda murabbiylik tajribasi yo‘q. Bizning avloddagi yigitlarni ko‘ryapman. Kimdadir o‘xshayapti, kimdadir esa yo‘q. Shuning uchun yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rmoqchiman. Shunchaki murabbiylikka qadam qo‘ygim yo‘q. Omadsizlikka uchrashni xohlamayman. Murabbiylik borasida bir nechta takliflar tushdi. Ularning barchasini rad etdim.

O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini kuzatishi haqida
— Nafaqat O‘zbekiston terma jamoasini, balki Superligani ham doim kuzatib boraman. Terma jamoada ayni vaqtda muhim o‘yinlar yo‘q, faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilyapti. Yangi murabbiy bilan hali nimadir o‘zgarganini ko‘rganim yo‘q.

Futbolchilik faoliyati davomida Yevropadan takliflar bo‘lgani haqida
— Takliflar bo‘lgan, ko‘riklarga ham borganman. Germaniyada «Boxum» jamoasida ko‘rikdan o‘tganman. Ammo til bilmaganim uchun qiyin bo‘lgan. Shu sabab u yerdan darhol ketganman. U paytlar yosh edim. Yoshlik payting uydan uzoqqa ketsang, nimadir seni ortga tortib turarkan.

2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Xaviga qarshi o‘ynagani haqida
— BAAda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati faoliyatimdagi eng yorqin lahzalarni xotirada qoldirgan. Albatta, kuchli raqiblar bilan bir guruhga tushganmiz (O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Argentina, Ispaniya va Mali bilan bir guruhdan joy olgan). Guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarni yutqazgan bo‘lsak-da, biz qaytganimizda, qahramonlardek kutib olishgandi. Chunki biz oxirigacha kurashganmiz. Shunday o‘yinlar bo‘ladi-ki, mag‘lub bo‘lsang-da, odamlar sening kurashganingni, oxirigacha borganingni ko‘radi. Biz bundan uyalmaganmiz. Hattoki faxrlanganmiz.

Faoliyatidagi eng esda qolarli gol haqida
— Juda ko‘p gollar bo‘lgan. Qaysidir muhim, qaysidir muhim emas. Alohida birini aytish qiyin. Biror o‘yinda juda chiroyli gol urasan, ammo jamoang mag‘lubiyatga uchragan bo‘ladi. Biror o‘yinda 1:0 ga g‘alaba qozonasan, yagona golni ham o‘zing urasan. Mana bu eng esda qolarli gol bo‘ladi.

Argentinaga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan urgan golim ko‘proq yodimda qolgan. «Paxtakor» safida ham Chempionlar Ligasida Saudiya Arabistoni klubiga ham jarimadan gol urgandim.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:53, 19.05.2022.
O'qildi: 2998 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.