Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

AQSH terma jamoasining erkak va ayol futbolchilari maoshlari tenglashtirildi

AQSH terma jamoasining erkak va ayol futbolchilari maoshlari tenglashtirildi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha AQSH ayollar terma jamoasi a’zolari erkaklar terma jamoasi a’zolari bilan bir xil mukofot pullari oladigan bo‘lishdi.

Jahon futbolida «maoshlarning tenglashishi» birinchi marta yuz bermoqda.

So‘nggi yillarda amerikalik sportchi ayollar maydondan tashqarida ham faol kurash olib borishdi. Erkaklar bilan bir xil maoshga loyiqmiz, muxlislarimiz yetarli, natijalarimiz hatto yuqoriroq, deyishdi.

Kecha, 18 may kuni AQSH futbol federasiyasi yangi hujjatni imzoladi. Unda xalqaro turnirlarda, jumladan, jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarida erkaklar va ayollar uchun bir xil mukofot puli berilishi mustahkamlab qo‘yildi. Bundan buyon mukofot uchun ajratiladigan pullar o‘rtada teng bo‘linadi.

Chetdan qaralganda, maoshlardagi tafovut yaqqolroq ko‘rinadi, masalan, 2018 yili Rossiyadagi futbol bo‘yicha jahon chempionatida g‘oliblikka erishgan Fransiya erkaklar terma jamoasiga 38 million dollar mukofot puli berilgan. Keyingi yili jahon chempioni bo‘lgan AQSH ayollar terma jamoasiga esa 4 million dollar tekkan, o‘rtadagi farq — 9,5 baravar!

Manba: zakovat.uz
Kiritildi: 23:45, 19.05.2022.
O'qildi: 1557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик