Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Iste’fo! «Dinamo» bosh murabbiy Rogan bilan xayrlashdi

Iste’fo! «Dinamo» bosh murabbiy Rogan bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Bugun, 20 may kuni «Dinamo» PFK qarorgohida klub rahbariyati hamda jamoa ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda jamoaning so‘nggi turlarda qayd etgan qoniqarsiz natijalari atroflicha muhokama qilinib, klub bosh murabbiyi Predrag Rogan bilan do‘stona xayrlashilgani ma’lum qilindi.

Serbiyalik mutaxassis bilan birga uning yordamchisi Ivan Yevich bilan ham hamkorlik to‘xtatildi. «Dinamo» PFK hamda murabbiylar o‘rtasidagi shartnoma ikki tomonlama bekor qilindi.

«Dinamo» jamoasi Predrag Rogan va Ivan Yevichga klubdagi faoliyati hamda hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, «Dinamo» jamoasi bosh murabbiyi etib shu paytga qadar klub sport direktori lavozimida faoliyat yuritgan Andrey Shipilov tayinlandi. Andrey Sergeevich «Paxtakor» murabbiylar shtabi va «Metallurg» klubi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyati bilan muxlislarga tanilgan.

Ma’lumot uchun, «Dinamo» Superliga 10-turi doirasida 23 may kuni o‘z maydonida AGMK jamoasini qabul qiladi.

 

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 18:41, 20.05.2022.
O'qildi: 2262 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.