Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

"Neftchi" xorvatiyalik murabbiylar bilan shartnoma imzoladi

"Neftchi" xorvatiyalik murabbiylar bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+1 | -

Davr taqozosi va ichki imkoniyatlarni ishga solish maqsadida "Neftchi" futbol klubi rahbariyati murabbiylar shtabini legioner mutaxassislar bilan mustahkamlashga qaror qildi.

Xorvatiyalik Zoran Vulich va Mladen Praliya bundan buyon bosh murabbiy Ilhom Mo‘minjonovga assist-murabbiy va jismoniy tarbiya bo‘yicha murabbiy sifatida yordam beradilar. Farg‘ona futbolchilariga mahorat va malaka oshirishda amaliy yordam ko‘rsatadilar. Ular nafaqat Xorvatiya, balki, Yevropa, Osiyo va Amerika futbol klublarida faoliyat yuritib, katta tajriba va mahorat egasi sifatida muxlislar va mutaxassislar e’tiborini qozonishgan.

Zoran Vulich futbolchilik faoliyatini Xorvatiyaning "Xayduk" klubida boshlagan.So‘ngra Ispaniyaning "Malyorka" va Fransiyaning "Nant" klublarida mahoratini namoyish etgan. 1998 yildan jonajon klubi "Xayduk"ka bosh murabbiy etib tayinlangan. Keyinchalik Rossiyaning" Luch-Energiya", Xorvatiyaning "Split", Moldovaning" Sherif", Qozog‘istonning "Atirau", Gresiyaning" Appolon Smirnis" jamoalarida faoliyat yuritgan mutaxassis o‘z mamlakatining 19 yoshlilar terma jamoasiga rahbarlik qilgan.

Mladen Praliya ham futbol olamining tajribali mutaxassisi sifatida keng jamoatchilikning e’tibori va izzat-hurmatini qozonib kelmoqda. Xorvatiyaning "Xayduk", Germaniyaning "Gamburg" klubida malaka va mahoratini oshirib, murabbiylik faoliyatini Singapurning "Singapur Armed Forses" jamoasida davom ettirgan. Kasbdoshi Zoran Vulich bilan Vladivostokning "Luch-Energiya" klubi rivojiga munosib hissa qo‘shgan.

Manba: "Нефтчи" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 11:10, 21.05.2022.
O'qildi: 2538 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.