Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Mbappe Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari va assistenti bo‘ldi

Mbappe Fransiya chempionatining eng yaxshi to‘purari va assistenti bo‘ldi

Baho:
+ | -

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1 yakunlangan mavsumining eng yaxshi to‘purari va assistenti bo‘ldi.

Parijliklarning 23 yoshli hujumchisi 35 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urdi va 17 ta golga assistentlik qildi.

“Monako” futbolchisi Vissam Ben Yedder 25 gol bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rinni har biri 21 tadan gol urgan Martin Terye (“Renn”) va Mussa Dembele ("Lion") bo‘lishib olishdi.

Eng yaxshi assistentlar ro‘yxatida 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan Lionel Messi ikkinchi o‘rinni egalladi. Benjamin Burigo 13 ta golli uzatma bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Oldinroq Mbappe klub bilan shartnomasini uzaytirgandi. Bu haqda parijliklarning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi. 23 yoshli hujumchining klub bilan tuzgan yangi shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 05:57, 22.05.2022.
O'qildi: 1269 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик