Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid - Betis
11/01 22:00 Torino - Yuventus
11/01 22:30 Espanyol - Leganes
12/01 00:45 Milan - Kalyari
12/01 01:00 Sevilya - Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma

Salkam hujumchi: joriy mavsumning eng sermahsul yarim himoyachilari

Salkam hujumchi: joriy mavsumning eng sermahsul yarim himoyachilari

Baho:
+ | -

2021/22 yilgi mavsum yakuniga yetmoqda. Turli natijalarni, shu jumladan eng ko‘p gol urgan futbolchilarni sarhisob qilish vaqti keldi. Ammo endi hujumchilarga emas, balki yarim himoyachilar haqida gaplashamiz. Demak, eng sermahsul xavbeklar haqida batafsil to‘xtalishga qaror qildik.

Bukayo Saka ("Arsenal", 11 gol)

Saka o‘tgan mavsumni ajoyib o‘tkazdi. Shu sababli, u Arsenal"ning eng yaxshi futbolchilaridan biri unvoniga sazovor bo‘ldi. Joriy mavsumda ham 20 yoshli yarim himoyachi yanada yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. London klubi tarbiyalanuvchisi shu kungacha APLda 37ta o‘yin o‘tkazib, 11ta gol va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi. Saka - "kanonirlar"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari. Ehtimol, Bukayo "to‘pchilar"ning bo‘lajak yetakchisiga ham aylanar?!

Meyson Maunt ("Chelsi", 11 gol)

Maunt o‘tgan mavsumdan beri "Chelsi"ning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lib kelmoqda. “Aristokratlar” tarbiyalanuvchisi jamoasi uchun ko‘plab ishlarni amalga oshirmoqda. 23 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda APLda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U Premyer-ligada eng yaxshi uchta assistentdan biri hisoblanadi va “gol+pas” tizimi bo‘yicha kuchli 10talikka kiradi. Garchi yarim himoyachi bo‘lsa-da, Maunt "Chelsi"ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Barcha muammolarga qaramay, londonliklar mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda. Bunda esa Meysonning xizmatlari katta.

Karlos Soler (“Valensiya”, 11 gol)

Soler ketma-ket ikkinchi mavsumda ham yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli yarim himoyachi La Ligada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu markaziy yarim himoyachi uchun yaxshi ko‘rsatkich. O‘tgan mavsumda ham xuddi shuncha miqdorda gol urgan edi. Mish-mishlarga ko‘ra, Karlos jamoasini tark etishi mumkin. Biroq “ko‘rshapalaklar” ketma-ket 3 yil Yevropa musobaqalarida qatnasha olmaganiga qaramay, shogirdini tarkibda saqlab qolish niyatida.

Antonin Barak (“Verona”, 11 gol)

O‘tgan mavsumda Barak "Verona"da ijara asosida o‘ynadi va ajoyib o‘yin namoyish qildi. Shu sabab yozda chexiyalik “Udineze”ni tark etib, “Verona”ga to‘liq transfer qilindi. 27 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda A Seriyaning 29 ta o‘yinida maydonga tushib, 11 ta gol va 4 ta golga assistentlik qildi. Bu uning faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Jovanni Simeone bilan birgalikda Barak “Verona”ga Italiya chempionati turnir jadvali markazidan joy olishga yordam beradi.

Dimitri Payet (“Marsel”, 12 gol)

"Marsel" Xorxe Sampaoli qo‘l ostida yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Joriy mavsumda “olimpiyachilar” Konferensiyalar ligasining yarim finaliga qadar yetib bordi va Fransiya chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bunda Payetning xizmatlari katta. 35 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda Liga 1da 31 o‘yinda maydonga tushib, 12 gol va 11 golga assistentlik qildi. Fransiyalik futbolchi faqat 2010/11 yilgi mavsumda hozirgidan ko‘proq gol urgan edi (13 ta gol). “Marsel” yarim himoyachisi Fransiya chempionatida eng yaxshi beshta eng yaxshi assistentlaridan biri bo‘lib, “gol+pas” tizimi bo‘yicha ligada 6-o‘rinni egallab turibdi. Payet yoshi katta bo‘lishiga qaramay, keyingi mavsumda ham “Marsel”ning yetakchilaridan bo‘lishiga shubha yo‘q.

Mario Pashalich ("Atalanta", 13 gol)

Pashalich ko‘plab klublarda o‘ynagan, lekin u haqiqiy iqtidorini "Atalanta"da namoyish etmoqda va hozirda faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan birini o‘tkazmoqda. 27 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Pashalich  bergamoliklarning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, Duvan Sapata (10 gol) va Luis Murielni (9 gol) ortda qoldirdi. Futbolchining yorqin o‘yinlari "Atalanta"ning yomon mavsumi soyasida qolayotgani achinarli. Bunday salohiyatga ega jamoa yevrokuboklarsiz qolsa uyat bo‘ladi.

Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”, 15 gol)

De Bryuyne ko‘p yillar ketma-ket "Manchester Siti" va butun Premyer-liganing eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lib kelmoqda. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi “shaharliklar”ning eng yaxshi to‘purari unvonini ham qo‘lga kiritdi. 30 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda APLda 29 o‘yinda maydonga tushib, 15 gol va 7 golga assistentlik qilgan. Bu futbolchining faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir. De Bryuyne Premyer-liganing eng yaxshi to‘purarlari beshligidan joy olgan va gol+pas tizimi bo‘yicha ligada 4-o‘rinni egallab turibdi. Albatta, Erling Xoland “Manchester Siti”ga o‘tganidan keyin belgiyalik futbolchi yana golli uzatmalarga e’tibor qaratadi.

Kristofer Nkunku (“RB Leypsig”, 20 gol)

Nkunku mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi. Fransiyalik futbolchi Domeniko Tedesko bilan birgalikda “Leypsig”ga Bundesliga turnir jadvalining markazidan, Chempionlar ligasi zonasigacha chiqishga yordam berdi. Kristofer — top-5 ligadagi eng sermahsul yarim himoyachi. Germaniya chempionatining joriy mavsumida 24 yoshli yarim himoyachi 34 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol va 13 ta golga assistentlik qildi. Uzatmalari soni bo‘yicha u Tomas Myullerdan, “gol+pas” tizimida esa Robert Levandovskidan ortda qoldi. Nkunku Bundesligada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kiritildi: 17:58, 22.05.2022.
O'qildi: 2494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.