"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 38-turi doirasidagi "Aston Villa"ga (3:2) qarshi o‘yindan so‘ng his-tuyg‘ularini jilovlay olmadi va yig‘lab yubordi.
G‘alaba 51 yoshli mutaxassisga "Man Siti" boshchiligidagi to‘rtinchi chempionligini olib keldi.
U 2016 yildan beri "shaharliklarni"ni boshqarib kelmoqda.