Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

A Seriyada chempionlik poygasi APLdagidan qolishgani yo‘q, "Milan"ning qadriyatlari zarvorliroq bo‘lib chiqdi

A Seriyada chempionlik poygasi APLdagidan qolishgani yo‘q, "Milan"ning qadriyatlari zarvorliroq bo‘lib chiqdi

Baho:
+ | -

Angliyada chempionlik uchun kurash rosa avjiga chiqdi. «Manchester Siti»ning navbatdagi chempionlik shiddati oldida "Milan"ning tarixiy g‘alabasi biroz soyada qolib ketgani rost. Biroq "rossonerilar"ning joriy mavsum ko‘rsatgan natijalari ancha zalvorliroq.

Italiyadagi g‘alaba so‘nggi lahzada hal bo‘lganligi bilan ham chempionlik qiymatini oshirib berdi. "Milan" so‘nggi turga "Inter"dan ikki ochkolik farq bilan  yaqinlashdi, "rossonerilar"ni "Sassuolo" bilan safardagi so‘nggi uchrashuvda durang ham qoniqtirar edi. “Neradzurrilar” esa “Sampdoriya”ni mag‘lub etishlari kerak edi. Ammo "qizil-qoralar" barchasini ishonchli tarzda yakunlab qo‘ya qoldi - 3:0. "Inter" ham o‘z vazifasini uddasidan chiqib, genuyaliklarni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Qolaversa, "Sampdoriya" darvozasiga kiritilgan uchta gol ham 49-dan 57-gacha bo‘lgan sakkiz daqiqa ichida kiritildi. Ammo o‘sha paytga kelib "neradzurrilar"ning o‘zlari chempionlikka ishonishlari dargumon edi, chunki birinchi bo‘lim oxiriga kelib "Milan" ham "Sassuolo" bilan bahsda 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Tanaffus vaqtida esa “Inter” futbolchilari parallel o‘yin natijasini ko‘rgan bo‘lsalar kerak. Natija esa ularni tinchlantirishi dargumon. Lekin "Inter" har qanday holatda ham o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan hamma narsani qildi.

"Milan" uchun bu chempionlik unvoni nihoyatda qimmatlidir. “Rossonerilar” sabrli murabbiyining yordami bilan sifatli o‘sishni boshdan kechirmoqda. Axir bir necha yil davomida ketma-ket tarzda ko‘pchilik bu klubni masxara qildi. "Milan"ning kuchli va yorqin islohotlarni qurishga urinishlari tahsinga sazovor. Darhaqiqat, jamoani so‘nggi 2-3 yil ichida to‘liq yangilandi deb aytish mumkin. Tarkib va moliyaviy masalalar jihatidan A Seriyadagi prinsipial raqiblaridan biroz kuchsizroq bo‘lishiga qaramay, yakdillik evaziga "rossonerilar" barchasini bosqichma-bosqich hal qilishga muvaffaq bo‘ldi. "Rossonerilar” juda qiyin siklni boshidan o‘tkazdilar. Buni “Manchester Yunayted” va “Arsenal” muxlislari yaxshi tushunishadi. Va endi tanqidlar va muxlislar bosimi murabbiy va futbolchilardan olib tashlandi. "Milan" darhaqiqat, boshqacha idrok va baho berilishiga loyiq harakat qildi. Buyuk klubning qaytishidan to‘liq rohatlanish faqat chempionlik unvonini qo‘lga kiritish orqali o‘lchanishi mumkin. Hozir milanliklarga boshqa narsa kerak emas.

"Milan" oxirgi marta 2011 yilda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan. Bu butunlay boshqa jamoa edi. Garchi uning hozirgi "Milan" bilan o‘xshash jihatlari bo‘lsa-da, uslub tamomila boshqacha bo‘lgan. To‘g‘ri,  Ibrahimovich o‘shanda ham  tarkibda edi. Biroq yulduz darajasida o‘ynagan. O‘shandan beri Zlatan butunlay alohida hayot o‘tkazdi. U «PSJ» afsonasiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi, «Manchester Yunayted»da shov-shuv ko‘tardi va hatto «Los-Anjeles Gelaksi»da ham yorqin o‘ynab, okeanortini sarosimaga soldi. 2020 yilda esa u "Milan"ga qaytdi, biroq bu yerda undan jiddiy narsa kutilmadi. Ammo bu mavsumda ham, Ibrahimovich sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar tufayli kamdan-kam maydonga tushdi, biroq kuchli zarba beruvchi shvedning uslubi o‘zgarmay qoldi. Bejiz emaski, rejissyorlar uni translyasiya paytida bosh murabbiyga qaraganda tez-tez namoyish etishardi.

Ushbu skudetto Ibrahimovichning aql bovar qilmas faoliyatiga go‘zal nuqta bo‘lib berishi mumkin, garchi shvedning butun faoliyati davomida bu allaqachon 32-kubogi bo‘lsada. U "Inter" bilan 3 marta A Seriyani yutgan, "Yuventus" bilan ikki marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan, ammo bu unvonlar bekor qilingan. U "PSJ" bilan to‘rt marta, "Barselona" bilan Ispaniyada bir marta zafar quchgan. Shuningdek,   "Ayaks" bilan Gollandiya chempionligini ham qo‘lga kiritgan. Qizig‘i shundaki, "Milan" ustozi Stefano Pioli uchun bu kubok umuman murabbiylik faoliyatidagi birinchi sovrin bo‘ldi. U avvalroq “Fiorentina”, “Lasio”, “Bolonya”, “Palermo” va “Inter” klublarida ishlagan. "Milan" uchun bu chempionlik A Seriyadagi 19-siga aylangani nuqtayi nazaridan ham juda muhim. Chempionliklar soni bo‘yicha "rossonerilar" "Inter"ga yetib oldi. Ulardan uzoqroqda 36 ta chempionlik bilan faqat “Yuventus” qolmoqda. Agar umuman olganda, sovrinlar haqida gapiradigan bo‘lsak, u holda "Milan" buni uzoq kutishiga to‘g‘ri keldi. Oxirgi marta “rossonerilar” 2016-yilda “Yuventus”ni mag‘lub etib, Italiya superkubogini qo‘lga kiritgan edi xolos.

"Milan"ning yaqin tarixi shuni ko‘rsatadiki, klubda ularni butun boshli katta yo‘lda olib yura oladigan yulduzlar yo‘q. Hamma kerakli vaqtda muxlislarga yoqadi va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, ishlashda davom etadi. Yuqorida tilga olingan Ibrahimovich murabbiydan ruhlanadi va gohida maydonda porlab turadi – tanqidiy pallada u jamoasiga yordam bera olardi. Butun "Milan"ning kuchi Leau, Kessi, Rebich va Ernandeslardan iborat. Ayniqsa, darvozabonlar tarixi ham qiziq. "Rossonerilar" bor kuchi bilan yulduz bo‘lgan Donnarummani o‘z safida olib qolishga harakat qilgandi. Biroq buning imkoni bo‘lmadi.

Bilasiz, bugungi qahramon Menyan "Lill"dan taklif qilingan. Mayk ilgari chempion bo‘lgan Fransiyadan tashqarida yorqin nom chiqarib ulgurmagan edi. Shu sababli u Italiyaga taklif etilganda jamoaning sodiq muxlislari rahbariyatni tanqid qila boshladi. Lekin yakunda futbolchi o‘ziga bildirilgan ishonchlarni to‘lig‘icha oqlab chiqdi. Bu mavsumda Menyan har jihatdan eng yaxshi bo‘lishga intildi, Donnarummanikidan ko‘ra ajoyib raqamlarni ko‘rsatmoqda. Mayk unchalik ham mashhur emas, lekin u o‘zining asosiy vazifasini bajardi. Bu yerda psixologiya ko‘pincha birinchi o‘ringa chiqadi.

"Milan" bilan chempionlik poygasida hamma narsa "Inter"ning o‘z qo‘lida edi. Biroq jamoa poygada qaltirab qoldi. Mavsum tugashiga besh tur qolganida jamoa asosiy trassadan chiqib ketdi. «Bolonya» bilan o‘yinda milanliklar tezkor gol urib olib, g‘o‘yoki bahs tizginini o‘z qo‘llariga olgandek edilar. Ammo uchrashuv so‘ngida ikki marta gol o‘tkazib yuborib, mag‘lub bo‘lishdi. Keyin ham hali imkoniyat bordek tuyuldi. Ammo o‘sha o‘yindan beri "Inter" ham, "Milan" ham ochko yo‘qotishmadi. "Inter"ning marra chizig‘idagi g‘alabali seriyasi to‘rtta o‘yinni tashkil etgan bo‘lsa, "Milan" olti o‘yinlik qoqilishlarsiz seriya qayd etgan va skudettoga ko‘proq loyiqligini isbotladi. Chempionatning so‘nggi o‘n turida “Milan” ketma-ket ikki marta – “Bolonya” va “Torino” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynab, to‘rt ochkoni yo‘qotdi. Bu esa "Inter"ga imkondek ko‘ringan edi. Biroq yuqorida aytib o‘tilganidek, "neradzurrilar" o‘z oldilaridan o‘tgan suvning qadriga yetishmadi.

Kiritildi: 19:15, 23.05.2022.
O'qildi: 2473 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.