Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shavkat Mirziyoyev: "Sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas"

Shavkat Mirziyoyev: "Sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas"

Baho:
+ | -

Davlatimiz rahbari sportni ommaviylashtirish, sport ta’limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Davlatimiz rahbari raisligida sportni ommalashtirish, sport ta’imini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator muhim va dolzarb masalalar o‘rtaga tashlandi.

Xususan, sport maktablari bilan olimpiya zaxiralari kollejlari va oliy sport mahorati maktablari o‘rtasida seleksiya borasida uzviy “zanjir” yo‘lga qo‘yilmagani qayd etildi.

Misol uchun, respublikadagi 279 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabining 190 tasida 36 ta olimpiya sport turidan bor-yo‘g‘i 10 tasi o‘rgatiladi.

Oqibatda, xalqaro musobaqalarda qatnashish uchun davlat barcha tashkiliy va moliyaviy sharoitlarni yaratib berayotganiga qaramasdan, Osiyo va jahon olimpiya sporti bo‘yicha chempionatlarida 5-6 nafardan sovrindor chiqmoqda, xolos.

6 ta oliy sport mahorati maktabi, 32 ta olimpiya sport federasiyasi olimpiya zaxiralari kollejlari bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygan.

Kollejlardagi 9 mingga yaqin sportchilarning 21 foizi milliy terma jamoaga kira olgan, xolos.

“Vaholanki, milliy terma jamoa tarkibini aynan shu kollejlardan chiqqan sportchilar tashkil etishi kerak emasmi? Bu masala qaysi viloyat hokimini qiynayapti?

Birorta viloyat, tuman yoki shahar hokimi sportning barcha turlari bo‘yicha tizimli ishlashni yo‘lga qo‘ya olgani yo‘q”, dedi Prezident.

Shuningdek, so‘nggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion so‘m yo‘naltirilib, 118 ta yangi yirik sport obektlari foydalanishga topshirilgani va 110 ta obekt rekonstruksiya qilingani ta’kidlandi.

Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so‘m (2017-yildan 5 baravarga ko‘p), shundan sport t’lim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard so‘m ajratildi.

Ilk bor barcha mahallalardagi yoshlar yetakchilari, maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport maktablari trenerlari ishtirokida yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha yangi besh bosqichli musobaqalarga start berildi.

Aprel-may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoshlar qamrab olindi.

“Lekin, sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas”, — dedi davlat rahbari.

Yig‘ilishda Sportni rivojlantirish vazirligiga:

- 279 ta bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi shart-sharoitlar va trenerlarning malakasini joyiga borib o‘rganish hamda ularni olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirish;
- har bir sport maktabini o‘z hududidagi mahalla, maktab va texnikumlar bilan bog‘lab, ularda kamida 1 tadan olimpiya sporti to‘garaklarini tashkil etish;
- yil yakunigacha sportchilarni mahalladan boshlab tanlab olish boʻyicha elektron platformani ishga tushirish;
- natija ko‘rsatgan mahallalarni rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
- sport maktablarini tibbiy asbob-uskunalar, dori darmon va sport kiyimlari bilan ta’minlash uchun joriy yilda 35 milliard so‘m ajratish;
- 1-sentyabrgacha maktab, sport maktabi, kollej va oliygohlarning zallarini noolimpiya sport turlari klublariga bepul berish tartibini joriy etish topshiriqlari berildi.

Umuman, vazirlik va viloyat hokimlari yoshlarning 43 foizi (6 milliondan ortiq) ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shartligi ko‘rsatildi.

Kiritildi: 10:06, 24.05.2022.
O'qildi: 2066 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.