Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jamoliddin Rahmatullayev: «Nafaqat Osiyo chempionatida ishtirok etish, balki JCHga chiqishni ham maqsad qilganmiz»

Jamoliddin Rahmatullayev: «Nafaqat Osiyo chempionatida ishtirok etish, balki JCHga chiqishni ham maqsad qilganmiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev Osiyo chempionati saralash bosqichiga tashlangan qur’a borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Osiyo chempionati saralash bosqichiga tashlangan qur’ani to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib bordim. Raqiblarimiz — Janubiy Koreya, Bruney va Shri Lanka. Bu jamoa bilan maqsadlarimiz yuqori. Nafaqat Osiyo chempionati, balki jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA)ning U-17 musobaqasi shuni ko‘rsatdiki, agar biz musobaqaga yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rsak, har qanday jamoaga qarshi o‘ynay olamiz.

Tayyorgarlikni optimal darajaga olib chiqishga harakat qilamiz. Guruhimizdagi raqiblardan kelib chiqib tayyorgarlik rejasini tuzib oldik. O‘rtoqlik o‘yinlari borasida raqiblar bilan aloqaga chiqishni boshladik. Nasib qilsa, saralash bosqichida yaxshi formada bo‘lamiz", — dedi Rahmatullayev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:58, 24.05.2022.
O'qildi: 2438 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик