Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Ravshan Haydarov: «Osiyo chempionati yurtimizda o‘tkazilsa-da, saralash o‘yinlariga jiddiy qaraymiz»

Ravshan Haydarov: «Osiyo chempionati yurtimizda o‘tkazilsa-da, saralash o‘yinlariga jiddiy qaraymiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar (U20) terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo chempionati saralash bosqichiga tashlangan qur’a borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Afsuski, koronavirus pandemiyasi tufayli bu avlod futbolchilari bitta qit’a chempionatini o‘tkazib yuborishdi. Bu borada uzilish yuzaga keldi. Keyingi musobaqani o‘z yurtimizda o‘tkazayotganimiz uchun saralash o‘yinlarining ahamiyati yo‘qdek go‘yo. Ammo biz saralash o‘yinlariga ham jiddiy qaraymiz. Chunki sparring-raqib topish oson ish emas.

Aslida ushbu saralash bahslarida qatnashmasligimiz ham mumkin edi. Ammo biz qatnashishni lozim topdik. Saralash o‘yinlari orqali raqiblarini kuchi anglab, o‘z imkoniyatlarimizni sinovdan o‘tkazib olamiz, turnir ritmini his qilib olamiz. Bu jihatdan saralash bosqichi biz uchun foydali bo‘ladi.

Saralash bosqichi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari, Xitoy, Myanma va Maldivga qarshi qiziqarli o‘yinlar bizni kutib turibdi.

Bu yoshdagi jamoalarda raqiblarning kuchiga baho berish qiyin. Ularning kuchiga baho berishda o‘sha malakatda futbol qanday yo‘lga qo‘yilganini inobatga olamiz. Masalan, Saudiyada futbol tizimli yo‘lga qo‘yilgan, doimo turli turnirlarda ishtirok etadi. Xitoy haqida ham shunday deyishimiz mumkin. Bu mamlakatda futbol infratuzilmasi yaxshi rivojlangan.

Oldimizdagi FIFA kunlaridan foydalanib, birinchi marta xorijga chiqib, xalqaro o‘yinlarda ishtirok etamiz. Ozarboyjon va Belarusga qarshi 2tadan o‘yin o‘tkazamiz. Ushbu xalqaro o‘yinlar orqali jamoamizning qiyin raqiblarga qarshi qanchalik tayyor ekanini bilib olamiz. Albatta, shu orqali o‘sishda davom etishimiz kerak", — dedi Ravshan Haydarov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:26, 24.05.2022.
O'qildi: 1899 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.