Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Superliga. «Nasaf» Toshkentda «Bunyodkor»ni taslim etdi

Superliga. «Nasaf» Toshkentda «Bunyodkor»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 10-turi doirasida «Bunyodkor» o‘z maydonida «Nasaf»ni qabul qildi. Bu o‘yinda qarshiliklar o‘zlarini uydagidek his qilishdi. Chilonzordagi "Bunyodkor" stadionga 10 ming atrofida qashqadaryolik muxlis tashrif buyurdi va "ajdarlar"ni qo‘o‘lab-quvvatlab turishdi.

HIsobni "qaldirg‘ochlar" ochishdi: Tomiva to‘p uchun kurashda himoyachidan ustun keldi va yakkama-yakka vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

Shundan so‘ng esa "Nasaf"ning benefisi boshlandi. 36-daqiqada Oybek Bozorov chiroyli gol bilan muvozanatni tiklagan bo‘lsa, oradan 4 daqiqa o‘tib Muhitdinov 25 metrlardan yo‘llangan jarima zarbasi orqali jamoasini oldinga olib chiqdi.

Qarshiliklar ikkinchi taymda ham tashabbusni o‘zlarida ushlab turishdi va yana ikki marta "Bunyodkor" darvozasi tomon yo‘l olishdi. Dastlab Oybek Bozorov, so‘ngra Husayn Norchayev toshkentliklar posbonini xafa qilishdi — 1:4.

"Nasaf" ushbu g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 18taga yetkazib, jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarildi. Jamoa qolganlarga nisbatan kamroq o‘yin o‘tkazganini inobatga olish zarur. "Bunyodkor" esa 12 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi.

Superliga, 10-tur
24 may, seshanba
«Bunyodkor» — «Nasaf» 1:4
Gollar: 1:0 — 23 Tomiva, 1:1 — 36 Bozorov, 1:2 — 40 Muhiddinov, 1:3 — 57 Bozorov, 1:4 — 69 Norchayev.
"Bunyodkor": 91. Zafar Safoyev, 4. Davron Ergashev (s), 5. Dilshod Jo‘rayev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 7. Odiljon Abdurahmonov, 8. Fransis Narx, 17. Farhod Mirahmatov, 22. Usmonali Usmonaliyev, 34. Suhrob Izzatov, 37. Muhammadodil Qahramonov, 49. Ibrohim Tomiva
"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 7. Sharof Muhitdinov, 8. Dilshod Saitov, 10. Husayn Norchayev, 18. Bahrom Abdurahimov, 22. Akmal Mozgovoy, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov (s)
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Aleksandr Sidorov, Alisher Usmonov, Husan Muzaffarov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:12, 24.05.2022.
O'qildi: 2680 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.