Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Riberi yana bir yil o‘z jamoasida qoladigan bo‘ldi

Riberi yana bir yil o‘z jamoasida qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiyaning "Salernitana" yarim himoyachisi Frank Riberi kelasi mavsumda Italiya jamoasida o‘ynashda davom etadi.

Mavsum yakunida klub A seriyada qolgani sababli fransiyalik futbolchining shartnomasida bir yillik uzaytirish bandi faollashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Riberi o‘tgan yozda "Fiorentina"dan A Seriya debyutanti -  "Salernitana" jamoasiga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsumda fransiyalik futbolchi chempionatda uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Oldinroq "Salernitana" prezidenti jamoaga hujumchi Edinson Kavanini taklif qilmoqchi ekanligini aytgandi. Shu tariqa, kelasi mavsumda 35 yoshdan oshgan ikki nafar faxriy birdaniga klub hujumida o‘ynashi mumkin.

Kiritildi: 22:06, 25.05.2022.
O'qildi: 1084 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик