Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Levandovskining agenti: "Bavariya" futbolchini emas, insonni yo‘qotdi"

Levandovskining agenti: "Bavariya" futbolchini emas, insonni yo‘qotdi"

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi mijozining kelajagi haqida gapirdi.

Avvalroq, 33 yoshli polshalik futbolchi «Barselona» bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

"Alaba kabi, Levandovski ham o‘zi nima istayotganini aniq biladigan katta odam", - dedi Zaxavi SportBild bilan suhbatda.

“Men Robertga yolg‘on gapirmoqchi emasman yoki unga ta’sir o‘tkazmoqchi emasman, men buni hech qachon qilmayman. Bu yerda hech kim pul bilan qiziqmaydi, na u, na men. Robert bir necha oy davomida klub uni hurmat qilishini his qilmayapti. "Bavariya" futbolchini emas, bir insonni yo‘qotdi" - dedi Zaxavi.

2021/22 yilgi mavsumda Levandovski "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 47 o‘yinda 50 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Myunxen klubi bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Kiritildi: 11:32, 26.05.2022.
O'qildi: 2979 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик