Kataloniyaning "Barselona" jamoasi hujumchisi Ferran Yutgla faoliyatini Belgiyada davom ettiradi.
Xabarlarga ko‘ra, ispaniyalik 23 yoshli futbolchi "Bryugge" bilan shartnoma imzolaydi. Umumiy transfer summasi 7 million yevroga baholangan.
Joriy mavsum Yutgla kataloniyaliklar asosiy jamoasi safida jami 8 ta o‘yinda 2 ta gol urdi.













