Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari 1-0 Verona
30/11 01:00 Brayton 1-1 Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka 2-1 Valensiya
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

Joze aytadi — bajaradi. U bunga haqli

Joze aytadi — bajaradi. U bunga haqli

Baho:
+ | -

Mourinyo har bir yevrokubokda g‘alaba qozongan ilk murabbiyga aylandi. U ikki marta Chempionlar ligasi va Yevropa ligasini, shuningdek, kecha Konferensiyalar ligasida ham tengsizligini ko‘rsatdi. «Roma» «Feyenoord»ni mag‘lub etdi (1:0) va Konferensiyalar ligasining ilk g‘olibiga aylandi.

Barcha Jozedan ushbu tarixiy natijani kutgan edi. Portugaliyalik mutaxassisning o‘yin boshlanishidan ancha oldin g‘alaba qozonishi shartdek baholandi.

«Biz bu tarixiy sayohatning yakuniy bosqichida turibmiz. Ushbu yevrofinalga chiqish orqali tarix yozdik, ammo endi biz yangisini yozib, g‘alaba qozonishimiz ham kerak. Menimcha, menga finaldan muhimroq narsa yo‘q. Bu men uchun asosiy prioritet. Bu borada hech narsa o‘zgarmagan. Avval ham bunday onlarni tuyganman. Agar g‘alaba qozona olsak, men Yevropaning barcha sovrinlarini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan murabbiy bo‘laman», — degandi Mourinyo. Joze aytadi va uni bajaradi.

Buyuk portugalning oldingi g‘alabalarini yodga olish vaqti keldi.

«Portu»da Mourinyo ikki yil ichida ikkita yevrokubokda g‘olib chiqdi. 2002 yilning yanvarida murabbiy o‘sha paytda chempionatda beshinchi o‘rinni olgan va kubokdan chiqib ketgan «Portu»ni qabul qilib oldi. Keyingi mavsumda u 11 ochkolik ustunlik bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi va UYEFA kubogini yutib oldi. Finalda esa Derlining dubli va Alenichevning goli portugaliyaliklarga g‘alaba keltirdi.

Rossiyalik yarim himoyachi Jozening navbatdagi muhim finalida katta rol o‘ynadi. Bir yil o‘tib, «Portu» Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Finalda Mourinyo shogirdlari «Monako»ni mag‘lub etishdi (3:0), Alenichev hisobiga turnirdagi so‘nggi gol yozildi.

«Inter» bilan trebl

Portugaliyadan keyin u Premyer-ligada ajoyib natijalar qayd etdi, ammo «Chelsi» bilan murabbiyning yevrokuboklarda omadi chopmadi. Ikkinchi mavsumdagi Chempionlar ligasida esa u «Inter» bilan bosh titulni yutishga harakat qilib ko‘rdi. Portugaliyalik qo‘l ostida jamoa juda yorqin xotiralar bilan yodda qolgan. Milito, Sneyder va Eto'O bilan birga trebl yutgan mavsum o‘zgacha ruhda ajralib turadi.

Joze «Inter»ni 38 yil ichida birinchi marta Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqdi va Italiya klubi uchun tarixda birinchi marta bir mavsumda uchta yirik sovrinni qo‘lga kiritgan murabbiyga aylandi. «Bavariya»ga qarshi finalda o‘sha yili hammasini Militoning dubli hal qilgan.

G‘alabaning ertasiga Joze o‘zining yaqin orada ketishini e’lon qilib, milanlik muxlislarni xafa qildi: «Bu achinarli holat bo‘lmoqda, lekin bu mening «Inter» bilan so‘nggi o‘yinim bo‘lganga o‘xshaydi. Agar «Real»ni boshqarmaganimda faoliyatimda bo‘shliq bo‘lgan bo‘lar edi», - deydi Mourinyo.

«Manchester Yunayted» klub tarixidagi ilk Yevropa ligasi sovrinini qo‘lga kiritdi. «Real Madrid»da va «Chelsi»ga ikkinchi tashrifi chog‘ida Mourinyo Yevropadagi muvaffaqiyatlariga erisha olmadi. Ammo u «Manchester Yunayted»da uchta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, Fergyuson ketganidan keyin hech qaysi murabbiy klubning shonli tarixini qaytara olmadi. Mukofotlardan yagonasi Yevropa ligasi bo‘ldi. «Yunayted»ning o‘sha paytdagi yagona sovrini. Finalda Pogba va Mxitaryanning gollari «Ayaks»ni mag‘lub etishga yordam bergan.

O‘shanda Genrix Mxitaryan birinchi bo‘limdagi jarohati tufayli almashtirildi, ammo bu uning «Roma» bilan kubokni olishiga bu safar to‘sqinlik qilmadi. Ammo finalga chiqqandan so‘ng, Joze shunday dedi: «Agar menga ruxsat bersangiz, men do‘stim, buyuk murabbiy Karlettoga («Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti) bir xabarni aytmoqchiman. Keling, finalda birga g‘alaba qozonamiz!»

Joze kelishuvning bir qismini bajardi. Endi navbat Anchelottiga!

Kiritildi: 21:59, 26.05.2022.
O'qildi: 2668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.