Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

Zinchenko: "Bu o‘yin mening hayotimdagi eng muhim o‘yinlardan biri"

Zinchenko: "Bu o‘yin mening hayotimdagi eng muhim o‘yinlardan biri"

Baho:
+ | -

“Manchester Siti” va Ukraina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko terma jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etish huquqi uchun Shotlandiya termasiga qarshi kechadigan yarim final pley-off o‘yinidagi kayfiyati haqida gapirdi.

“Bu o‘yin mening hayotimdagi eng muhim o‘yinlardan biri. Yigitlar tayyor ko‘rinadi, motivasiya haqida gapirishning hojati yo‘q.

Biroz vaqt futbol o‘ynamagan yigitlarga tayyorgarlik ko‘rish va jismoniy holatni normal ushlash oson emas. Bu holatda hech qanday bahona yo‘q va biz o‘z ishimizni imkon qadar yaxshi bajarishimiz kerak”, - dedi Zinchenko BBC bilan suhbatda.

Shotlandiya – Ukraina o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish huquqi uchun yarim final pley-off o‘yini 1 iyul kuni Glazgodagi “Xempden Park” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Qarama-qarshilik g‘olibi Jahon chempionatining guruh bosqichiga chiqish huquqi uchun Uelsga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 23:34, 26.05.2022.
O'qildi: 1304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.