23 yoshli fransiyalik futbolchi gol urish bo‘yicha faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni o‘tkazdi. To‘purarlar poygasida faqat monakolik Vissam Ben-Yedder fenomenal Mbappega raqobat o‘tkaza oldi. U 37 uchrashuvda 25 ta gol urgan. “Gol+pas” nominasiyasida Kilianga teng keladigani topilmadi: eng yaqin ta’qibchidan 15 ochko ustunlik. Hatto assistentlar bahsida ham Mbappe birinchi bo‘lib, jamoadoshi Lionel Messi (14) va Benjamin Burigoni (13) “Renn”dan ortda qoldirdi.
Mbappe Liga 1'da eng ko‘p g‘alaba golini kiritdi. Uning 28 ta golidan 13 tasi “PSJ”ga g‘alaba keltirdi. Qayd etish joizki, Kilianning eng yaqin ta’qibchisi Lyudovik Ajork (“Strasburg”) u 8 ta g‘alaba keltiruvchi gol muallifi bo‘ldi.
Eng muhim to‘purar: Vissam Ben-Yedder (“Monako”) – Jamoa gollarining 38,5 foizini urgan.
Eng yaxshi zaxira o‘yinchisi: Vissam Ben-Yedder (“Monako”) zaxiradan maydonga tushib 6 gol urgan.
Mbappe boshchilik qilmagan birinchi nominasiya. 31 yoshli hujumchi bahorda to‘qqiz o‘yinlik g‘alabali seriyani qayd etgan “Monako”ning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi. Shu tariqa, knyazlik klubining 65 ta golidan 25 tasi Ben-Yedder hisobiga yozildi. Qolaversa, Ben-Yedder zaxiradan maydonga tushganidan keyin ham olti gol urishni uddaladi. Ugo Ekitike (“Reyms”) va Seru Girassi (“Renn”) zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng to‘rttadan gol urishdi.
Eng yaxshi darvozabon: Valter Benites (“Nissa”) – 37 o‘yindan 14 tasida darvoza daxlsizligini saqlab qolgan.
Argentinalik futbolchi 2020/2021 yilgi mavsum bilan solishtirganda sezilarli yutuqlarga erishdi. Bu yil Benites o‘z darvozasidan 35 ta gol o‘tkazib yuborgan oldingi mavsuda esa 53 ta. Biroq, bu Valter uchun shaxsiy rekord emas: 2018/2019 yilgi mavsumda u 16 marta quruq o‘yin o‘tkazgan.
“Temir odamlar”: Alban Lafon (“Nant”), Predrag Raykovich (“Reyms”), Aleksandr Nyubel (“Monako”), Marko Bizot (“Brest”), Joze Fonte (“Lill”) ular barcha 38ta o‘yinda ishtirok etgan.
An’anaga ko‘ra, bu nominasiyada darvozabonlar eng yaxshi bo‘lib kelishgan, ammo bu yil "Lill" himoyachisi Joze Fonte buni o‘zgartirdi. Faoliyati yakuniga yetib borayotgan portugaliyalik futbolchi maydonda rekord ko‘rsatkichga erishdi (3420 daqiqa).
Eng yosh o‘yinchi: Matis Tel (“Renn”) - 16 yosh, 3 oy va 19 kunda maydonga tushgan.
Tel Liga 1'da debyutini ikkinchi davrada “Brest” bilan o‘yinda o‘tkazdi. Keyin futbolchi yana olti marta maydonga tushdi.
Eng yoshi katta o‘yinchi: Eydji Kavashima (“Strasburg”) - maydonga oxirgi marta 38 yosh, 9 oy va 20 kunligida tushgan.
Agar 2020/2021 yilgi mavsumda Kavashima Liga 1'da “Strasburg” uchun 24 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, bu yil atigi bitta o‘yin o‘tkazgan. Uning xizmatlarini murabbiy 20-turda “Mes” bilan o‘yinda talab qildi: yaponiyalik darvozabon beshta seyvni amalga oshirdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi (2:0).
Kavashimaning shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi, shuning uchun u liganing asosiy “bobosi” bo‘lib qolishi ehtimoli katta.