Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Denis Korostichenko: “Navbahor”ning o‘yinini anchadan buyon kuzatib kelamiz”

Denis Korostichenko: “Navbahor”ning o‘yinini anchadan buyon kuzatib kelamiz”

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Denis Korostichenko qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

– Birinchi navbatda, hammaga salom! “Navbahor”ni g‘alaba bilan tabriklayman! O‘ylashimcha, yaxshi o‘yin guvohiga aylandik. Bugun ikki bo‘limda ikki xil o‘yin ko‘rsatdik. Birinchisida ko‘proq to‘pga egalik qildik, ikkinchisida esa... Menimcha, bunga “Navbahor”ning ikkinchi bo‘limda o‘yinini biroz kuchaytirgani ham sabab bo‘ldi. Va albatta, muxlislaringiz ham jamoani oldinga undashdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki qismida biroz “uxlab” qoldik, oqibatda xato yuzaga keldi va gol urildi. Umuman olganda, muxlislar o‘yindan yaxshi taassurot olishdi.

Hisob 0:1 bo‘lib turganida, hujumni kuchaytirishimizga to‘g‘ri keldi, yangi kuchlarni maydonga tashladik. Afsuski, bugungi kunda markaziy hujumchilar va qanotdagi hujumkor futbolchilar borasida tanlov imkoniyatlarimiz katta emas. Qanotlar va maydon markazini kuchaytirishni maqsad qilgandik, G‘ulom-Haydarni zaxiradan o‘yinga qo‘shdik. U yaxshi o‘yin o‘tkazdi, menimcha.

Birinchi bo‘limda to‘pga ishonch bilan egalik qilishimizni “Navbahor” kutmagan ekan, shekilli. Afsuski, to‘pni yaxshi egallab turganimizga qaramay, hujumlarni samarali yakunlay olmadik, keskinlik yetishmadi. O‘ylashimcha, “Navbahor” birinchi bo‘limda biroz passiv harakat qildi.

“Navbahor”ning o‘yinini anchadan buyon kuzatib kelamiz. Menimcha, bu jamoa bugungi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida, so‘nggi 2-3 turdagi eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatdi.

“Lokomotiv” har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlar qo‘yadi. Lekin bu yil asosan yosh futbolchilarga imkoniyat berishga qaror qilganmiz. Bizda tarkibni yoshartirish jarayoni ketmoqda. Maqsadlar esa har doimgidek yuqoriligicha qoladi, jumladan, Chempionlar Ligasiga chiqishga harakat qilamiz. Oldinda o‘yinlar ko‘p.

Bugungi uchrashuvda “Navbahor” safida Yovan Jokichning harakatlarini e’tirof etishim mumkin. Davronbek Hoshimov ham o‘z saviyasidagi o‘yinni ko‘rsatdi. Umuman olganda, mezbonlar safida ikkinchi bo‘limda hamma futbolchilar yaxshi to‘p tepishdi, - dedi Denis Korostichenko.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:00, 27.05.2022.
O'qildi: 1492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.