Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mirjalol Qosimov: «Iyun oyida xalqaro o‘yinlarda ishtirok etadigan 3ta jamoamizga omad tilayman»

Mirjalol Qosimov: «Iyun oyida xalqaro o‘yinlarda ishtirok etadigan 3ta jamoamizga omad tilayman»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 11-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Neftchi"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Qiziqarli va murosasiz o‘yin bo‘ldi. Muhimi, kerakli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Superligada oson o‘yin qolmagan. Garchi "Neftchi" jamoasi jadvalda pastki o‘rinlarda bo‘lsada, jamoa ancha shakllangan va kuchli raqib. Yaxshi futbolchilar yig‘ilgan, tajribali murabbiyga ega. Biz bugungi bahsda o‘z imkoniyatlarimizdan foydalandik. O‘ylashimcha, haqli ravishda g‘alaba qozondik. O‘yin davomida futbolchilardan tezroq harakatlanishni so‘ragandim. Shu tufayli oddiyroq vaziyatlarda ko‘proq to‘p yo‘qotdik. Raqib ham yaxshigina qarshilik ko‘rsatdi. Bugun hech bir jamoa yomon o‘ynamadi. Xususan jamoamiz ham yaxshi harakatlandi. Ochiq, hujumkor futbol bo‘ldi. Shu o‘rinda muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Buyog‘iga jamoa kichik ta’tilga chiqadi. Keyinchalik mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Futbolda kutilmagan va qiziqarli holatlar ko‘plab uchrab turadi. Kasyan va Siya ajoyib imkoniyatlardan foydalana olmadi. Men ulardan bugun tezroq harakatlanishni talab qilganim tufaylimi, balki ular yuzaga kelgan imkoniyatlarni tezda hal etishga shoshilishgani ham vaziyatlarni golga aylantirishda pand bergan bo‘lishi mumkin. Gollarimiz mehnat evaziga, qiyinchilik bilan yuzaga keldi. Birinchi goldan keyin esa o‘z darvozamizdan osongina to‘p o‘tkazib yubordik. Bu ham birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q. Yigitlar konsentrasiyani yo‘qotishdi. Biz ulardan diqqatni jamlashni talab qilamiz. O‘sha gol ro‘y bergan vaziyatda futbolchini yarim himoyachilarimizdan hech kim kutib olmadi. Futbolda esa bunday gollar ba’zan uchrab turadi. O‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan jamoa bunday e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak. Qolaversa, jamoamiz futbolchilari ketma-ket jarohat olishi kuzatildi. O‘tgan o‘yinda Alisher Jalilov, kecha Dilshod Ahmadaliyev va Jizzax bilan o‘yinda Sanjar Tursunov keskin to‘qnashuvda jiddiy jarohatlangandi. Yuzaga keladigan tanaffusda ular safga qaytishadi, degan umiddaman.  

Superligadagi to‘xtalish yuzaga kelmoqda. Chunki FIFA kunlari tufayli bu sodir bo‘lmoqda. Fursatdan foydalanib, Osiyo chempionatiga qatnashadigan Temur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasiga, Osiyo Kubogi saralashida ishtirok etadigan O‘zbekiston Milliy jamoasi va OFK kubogida qatnashadigan "So‘g‘diyona" jamoalariga omad tilab qolaman. Ular yurtimiz sharafini himoya qilishadi va biz ularga muxlislik qilamiz. Iyun oyida garchi chempionatda tanaffus yuzaga kelsada, o‘zbek futboli uchun muhim musobaqalar bo‘ladi. Xalqaro maydondagi bahslarda har uchala jamoamizga omad yor bo‘lsin».

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 05:08, 28.05.2022.
O'qildi: 1825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.