Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Nikola Lazarevich: «Darvozamizga bitta penalti belgilanishi kerak edi»

Nikola Lazarevich: «Darvozamizga bitta penalti belgilanishi kerak edi»

Baho:
+ | -

Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Qizilqum" (1:3) uchrashuvidan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Avvalo, yigitlarimizni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Oxirigacha harakat qildik. Raqib ham hisobni o‘zgartirish uchun so‘nggi daqiqalargacha kurashdi. O‘yinga kelsak, qo‘qonliklar bizga syurpriz tayyorlashdi. Boshida qiyinchilikka uchradik. Hammasini boshqatdan boshlashga va ayrim nuqtalarda o‘zgartirish kiritishimizga to‘g‘ri keldi. Birinchi golni va ketidan ikkinchi, uchinchi golni urdik. Mezbonlar xarakter ko‘rsatishdi. Agar penalti belgilanganida, bizga qiyin bo‘lardi.

— "Qizilqum" taktikangiz asosida g‘alaba qozondi. Birinchi taymda yaxshi o‘ynadi, ammo ikkinchi taymda qo‘qonliklar yaxshi ko‘rinishdi. Bosh hakam Ilya Ilin ayrim vaziyatlarda xato qarorlar chiqardi, 2 ta penaltini bermaganday ham tuyuldi. Siz bu borada nima deya olasiz?
— Bilasizmi, men buni izohlab bera olmayman. Murabbiy hakam qarori bo‘yicha fikr bildirsa, unga jarima qo‘llanishi mumkin. Fikrimcha, bir holatda penalti bor edi. Ammo buni videolavhada ko‘rib chiqishim kerak. To‘g‘ri, ikkinchi taymda "Qo‘qon-1912" yaxshi o‘ynadi. Biz 3:0 dan keyin himoyalanishga e’tibor qaratdik. Mezbonlar gol urishga harakat qilishdi, lekin bizda ham vaziyatlar yuzaga keldi. Umuman, bizga omad keldi va yutdik.

— G‘alabadan keyin "Qizilqum"ning ochkosi 20 ga yetib, yetakchilar qatoriga ko‘tarildi. Jamoa mavsum oxirigacha yuqori o‘rinlarda qoladimi, bunga kuchi yetadimi?
— Ha. Men ushbu bahs oldidan "Qizilqum" futbolchilari bilan natijalarimiz bo‘yicha gaplashib olgandim. 5-6 ta jamoa yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda. Ko‘ramiz, mavsum oxirida qanday ko‘rinish hosil bo‘larkan. Biz qadamma-qadam yuqorilab boryapmiz. Har doim yigitlarga kamroq xato qilishimiz kerakligi haqida aytaman. Shunda bizda muammo kuzatilmaydi. Aytishim mumkinki, "Qizilqum" yuqori o‘rinlar uchun kurashadi.

— Jamoa yetakchilari Oleg Zoteev va Erkin Baydullayev "Paxtakor" bilan o‘yingacha safga qaytadimi?
— O‘ylashimcha, ular "Paxtakor" bilan o‘yinda maydonga tushishga tayyor bo‘lishadi. Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda bir qarorga kelamiz.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 22:31, 28.05.2022.
O'qildi: 1184 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик