Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Baxtiyor Ashurmatov: «O‘zbekistonda hakamlik rivojlanmayapti, biz esa jangovarlikni yo‘qotib qo‘ydik»

Baxtiyor Ashurmatov: «O‘zbekistonda hakamlik rivojlanmayapti, biz esa jangovarlikni yo‘qotib qo‘ydik»

Baho:
+ | -

Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" — "Qizilqum" (1:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugungi o‘yinga tanlagan taktika va tarkibimiz o‘zini oqlamadi. Bu holatda to‘liq aybni murabbiylar shtabi va men zimmamga olaman. Uchta markaziy himoyachi bilan o‘ynamagandik. Uyda o‘ynayotganimiz uchun hujumkor uslubni tanlagandik. Lekin bu samara bermadi. "Qizilqum" vaziyatlar yaratishda, to‘pni nazoratida kuchliroq ko‘rindi. Ularni haqqoniy g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa 0:2dan keyin tezroq harakat qilishni boshladik. Jamoamizni har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimiz ishonchini oqlay olmayapmiz. Bugungi o‘yin murabbiylik ishi shunchalik qiyin ekanligini ko‘rsatib berdi. Yaqindagina olqishlab turgan ishqibozlar bugun norozi. Bunga o‘zimiz aybdormiz. Shu holatda meni ketishim jamoa uchun foyda bo‘lganida shunday qarorga kelardim. Qiziqqonlik bilan qaror qabul qilish kerak emas. Qiyin vaziyatni to‘g‘rilashimiz kerak. Tezroq birinchi davrani yakunlab olsak seleksiya jarayonlarini faol olib boramiz. Chunki ayrim chiziqlarda deyarli raqobat yo‘q. Ayrim sabablarga ko‘ra mavjud tarkib bilan mavsumni boshladik. Ivan Yosovich oxirigacha kurashmoqda. Quvondiq Ro‘ziyev jon jahdi bilan intilyapti. Tanaffus bizga kerak edi. Agar oxirgi ikki o‘yinda o‘zgarish qila olmasak, rahbariyat bilan qanday ish tutsak foyda bo‘lishi borasida gaplashib olamiz. Yana bir bor muxlislardan uyatli o‘yinimiz uchun uzr so‘rayman.

— Agar boshidan shunday harakat qilinganda balki jamoa yirik hisobda yutqazmagan bo‘lardi. Bugungi hakam Superligaga tayyor emas. Maydonda nima qilishini bilmayapti. Necha marotaba "Qizilqum" darvozasi tomon jarima zarbasi, penalti berishi kerak edi. Bunday hakamlarni ikkinchi ligaga ham qo‘yish kerak emas...
— Mag‘lubiyatga uchragandan keyin hakamni ayblash noto‘g‘ri bo‘ladi. Noto‘g‘ri tanlangan taktika va tarkib mag‘lubiyatga olib keldi. Lekin so‘nggi vaqtlarda hakamlik rivojlanyapti, deb o‘zimizni o‘zimiz aldab yuribmiz. Aytaylik, qaysidir mutaxassis hakamlardan ayb izlash o‘rniga bahona qilyapti. Qandaydir jarimalar qo‘llanilyapti. Bunga xorijlik murabbiylar ham e’tiroz bildirmoqda. Biz esa tinchgina yuraylik, o‘zimizga dushman orttirmaylik, deyapmiz. Bu esa O‘zbekiston futbolini muammosini ko‘paytiryapti. Bugun hakamni gapirsam uyat bo‘lsa kerak. Butun o‘yin davomida sharmandalarcha yutqazdik. Futbolchilar emas, men aybdorman. Ammo o‘zimizni o‘zimiz aldashni yig‘ishtirishimiz kerak. "Surxon" bilan 70 metr uzoqlikdan ko‘rib penaltini bekor qilyapti. Bugun esa yaqinidagi vaziyatni ko‘rmadi. Takrorlayman, mag‘lubiyatga aybni o‘zimizdan qidirishimiz lozim. Birinchi marotaba iste’foni talab qilib baqirishdi. Ularni to‘g‘ri tushunaman. Jamoada vaziyat qanday, seleksiya, nechta futbolchi tark etdi yoki tayyorgarlik ko‘rish uchun holat qanday edi, murabbiylarning bittasida tarkib qilish uchun mablag‘ bor, boshqasida yo‘q. Ushbu omillarga hech kim e’tibor bermaydi. Murabbiylik kasbi shunday. Natija ko‘rsatishing, muxlislar ishonchini qozonishing kerak. Ular oilalari rizqini qirqib futbolga chipta oladi. Yo‘l bosib keladi. 0:2dan keyingi jangovar o‘yinimizni ilk daqiqalardan ko‘rsatganimizda muxlislar bunchalik norozi bo‘lishmasdi. Alam qilayotgani shuki, jamoamizda jangovarlikning yo‘qolgani. Tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilamiz. Qo‘qonlikman, bunday holatda tashlab ketish noto‘g‘ri bo‘ladi. Vaziyatni iziga tushirib, jamoani ma’qul o‘ringa olib chiqsak ketish haqida o‘ylasa bo‘ladi.

— Yosh hujumchi Murodjon Komilov haqida...
— Uni sekin asta tarkibga jalb qilamiz, degan edik. Qiyin o‘yinlar bo‘lyapti. Biroq ayni payt zaxiradan bo‘lsa ham tushirmoqdamiz. Bundan hech narsa yo‘qotmaymiz. Hujumda ishlarimiz yurishmayapti. Statistikaga qarasak, so‘nggi o‘yinlarda darvoza tomon 1 marotaba aniq zarba berganimizni ko‘ramiz. Ularning mehnatini qadrlayman. Ammo hujumchi darvozaga yaqinroq o‘ynashi, vaziyatdan foydalanishi kerak. Keyingi o‘yinlarda Murodjon Komilov kabi yoshlarni tushirish vaqti keldi.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 08:51, 29.05.2022.
O'qildi: 1208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.