«Real Madrid» Chempionlar ligasidagi umumiy 14-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Endi jamoa sovrinlar bo‘yicha «Milan»dan ikki baravarga oshib ketdi.
«Real Madrid» «Liverpul»ni mag‘lub etib, yana Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi - tarixda 14- marta. Chempionlar ligasi finallari madridliklarning fishkasiga aylanib qoldi. «Real Madrid» deyarli 40 yildan buyon turnirning hal qiluvchi o‘yinlarida mag‘lub bo‘lmayapti - bugun ham bu seriyada xatolik kuzatilmadi.
Madridliklar finallarning umumiy soni bo‘yicha ham peshqadamlik qilmoqda - ularda 17 ta hal qiluvchi bahslar kolleksiyasi mavjud. 21 asrda bu ko‘rsatkich oltita edi. Joriy asrda esa jamoa supertezlik namoyish etdi. «Real Madrid» o‘zi qatnashgan barcha turnirda g‘alaba qozondi.
• «Real Madrid»ning fantastik o‘yinlari darhaqiqat, hayratlanarli darajada: jamoaning hal qiluvchi o‘yinlardagi g‘alabalar ko‘rsatkichi - 82,35%, bu kamida uch marta finalda o‘ynagan jamoalar orasida jahon futboli tarixidagi eng yaxshi natijadir.
• «Nottingem Forest» va «Portu» ikkita sovrin bilan 100%lik natijani qayd etgan - lekin ularda faqat ikkita final bor xolos. Shunday ekan, «Real»ni haqli ravishda Chempionlar ligasi qiroli deb hisoblash mumkin.
• «Real» oxirgi marta 1981 yilda «Liverpul»ga qarshi o‘yinda Parijdagi finalda mag‘lub bo‘lgan. Shundan so‘ng jamoa 17 yil davomida finalga chiqa olmadi - keyin esa fantastik seriya qayd etildi. Sakkizta final va ketma-ket sakkizta g‘alaba.
Parij faqatgina bugungi g‘alaba tufayli «Real Madrid» uchun o‘zgacha shahar emas. Madridliklar Fransiya poytaxtida 4 marta finalda o‘ynadi. Ilk final 1956 yilda «Reyms»ga qarshi o‘tkazildi va jamoa unda 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, ilk yevrokubogini qo‘lga kiritdi. Parijdagi so‘nggi final 2000 yilda «Valensiya»ga qarshi kechgan va unda «Real» 3:0 hisobida g‘alaba qozongan.
• «Real» ketma-ket ikkita finalda mag‘lubiyatga uchraganini ham ta’kidlash kerak: 1962 yilda «Benfika»dan 3:5 hisobida va 1964 yilda esa «Inter»dan 1:3 hisobidagi mag‘lubiyatlar. Jamoa shundan so‘ng 1981 yilgacha bitta final o‘tkazgan bo‘lib, ushbu yildagisida ham imkoniyatni boy bergan. Umuman olganda, to‘rtta finalda uchta mag‘lubiyat qabul qilib olingan.
«Real Madrid» kechagi finalga umuman asabiylashmagan holda yetib keldi. Jamoa juda xotirjam ko‘rindi. Futbolchilar bunday o‘yinlarga o‘rganib qolishgan. Tajribali futbolchilar jamoadagi muhitni nazorat qila oladi. Barcha madridlik futbolchilar finalga chiqqanidan xursandligini yashirib o‘tirmadi. «Biz oxirigacha kurashamiz. Biz hech qachon taslim bo‘lmaymiz», - deydi madridlik futbolchilar.
«Real Madrid Chempionlar ligasida o‘ynasa, g‘alaba qozonadi. Bugun men futbolning yorqin tarafidaman», - deya tabassum qildi o‘yin oldidan Tibo Kurtua. Kazemiro esa belgiyalikning fikriga biroz qo‘shilmadi: «Real Madrid» finalda o‘ynab o‘tirmaydi. Balki uni yutib maydonga chiqadi». Xo‘sh, bugungi «Real»ni qanday to‘xtatish mumkin?