"Milan" himoyachisi Mattia Kaldara boshqa jamoaga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli italiyalik futbolchiga A Seriya debyutanti "Monsa" hamda "Bolonya" da’vogarlik qilmoqda.
Kaldara o‘tgan mavsumni "Venesiya"dan ijarada o‘tkazdi. 33 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 9 ta sariq kartochka olgan.