"Manchester Yunayted" o‘z futbolchisini sotishga tayyor. Xabarlarga ko‘ra, jamoa tarbiyalanuvchisi Brendon Uilyams "MYU"ga qaytmoqchi emas.
Yosh himoyachi mavsumni "Norvich"da o‘tkazgan edi. U bu yerda asosiy tarkib futbolchisi sifatida harakat qildi. Uilyams "MYU"ga qaytish niyatida emas.
Unga asosiy jamoadan o‘rin bera oladigan klub kerak. Shu sababdan "MYU" uni sotuvga qo‘ymoqchi.