Kirish Ro'yxatdan o'tish

Myuller Levandovskining "Bavariya"da qolishini istamoqda

Myuller Levandovskining "Bavariya"da qolishini istamoqda

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller jurnalistlarga Robert Levandovskining Myunxen klubida qolishini istashini tan oldi.

Myuller Sport 1 nashriga polshalik futbolchining Myunxen jamoasida qolishini juda xohlashini aytdi. Nemisning ta’kidlashicha, "Bavariya" shunga o‘xshash vaziyatlarni ko‘p marta boshdan kechirgan, masalan, bir vaqtlar Frank Riberi "Real"ga o‘tishni xohlagan, ammo yakunda fransiyalik Myunxen klubida qolishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski yozda "Bavariya"ni tark etmoqchi. Polshalik to‘purarni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar "Barselona" hisoblanadi.

Kiritildi: 10:41, 02.06.2022.
O'qildi: 1119 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик