Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Jahon chempionatining so‘nggi 3 yo‘llanmasiga kimlar ega chiqadi?

Jahon chempionatining so‘nggi 3 yo‘llanmasiga kimlar ega chiqadi?

Baho:
+ | -

2022 yilgi Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari bilan tanishishga yana bir qadam yaqinlashdik! Ukraina terma jamoasi Yevropa pley-off bosqichining yarim finalida Shotlandiyani mag‘lub etib, Qatar yo‘llanmasi uchun hal qiluvchi bahsga yo‘l oldi. Ammo jahon chempionatiga chiqish uchun nafaqat ukrainaliklar kurashishi kerak bo‘ladi.

Terma jamoalarning asosiy turniriga chiqish uchun qaysi jamoalarda imkon bor?

Yevropa: Ukraina yoki Uels

O‘yini yaqinda yakunlangan Ukrainadan boshlaylik. Finalda Ukraina terma jamoasi mart oyida pley-off yarim finalida Avstriyani mag‘lub etgan (2:1) va shu vaqt davomida bo‘lajak raqibning aniqlanishini kutgan Uels bilan to‘qnash keladi.

Uels va Ukraina o‘rtasidagi o‘yin juda 5 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Garet Beyl o‘zining so‘nggi yirik turniriga boradimi yoki ukrainaliklar Shotlandiya bilan o‘yinda bo‘lgani kabi g’ayrat ko‘rsatishdimi?

Qit’alararo o‘tish o‘yinlari: Peru yoki BAA/Avstraliya. Kosta-Rika yoki Yangi Zelandiya

Bu yerda hamma narsa Yevropa saralashiga qaraganda ancha chalkash. Peru terma jamoasi uzoq vaqtdan beri Janubiy Amerika saralash guruhida beshinchi o‘rinni egallab, pley-offning finaliga chiqdi, ammo hali bo‘lajak raqib qaysi jamoa ekanligini bilmaydi. BAA va Avstraliya o‘rtasidagi Osiyo pley-off finali esa qachon 7 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanishi belgilab qo‘yilgan.

Peru hamda BAA/Avstraliya juftligi g‘olibi ishtirokidagi hal qiluvchi o‘yin 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Lekin bu hammasi emas. JCH-2022 uchun so‘nggi, 32-yo‘llanma 14 iyun kuni o‘ynaladi. Qit’alararo saralashning ikkinchi finalida Kosta-Rika va Yangi Zelandiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi. Kosta-Rikaliklar Shimoliy Amerika saralash guruhida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Yangi Zelandiyaliklar esa o‘z navbatida Okeaniya nomidan pley-offga yo‘l olishdi.

Kosta-Rika va Yangi Zelandiya o‘yini 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanishi kerak. Ushbu uchrashuv yakunida esa biz 2022 yilgi Jahon chempionatining barcha ishtirokchilarini bilib olamiz.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 15:26, 02.06.2022.
O'qildi: 10080 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.