Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

YECHLning fantastik futbolchilari (top-10)

YECHLning fantastik futbolchilari (top-10)

Baho:
+ | -

Mavsum davomida Yevropa Chempionlar ligasi turniri biz muxlislarga bir-biridan qiziq va murosasiz bahslarni taqdim etdi. Hech bir muxlis bu o‘yinlarni ko‘ra turib, zerikib qoldim deya olmasa kerak. Xususan, "Real"ning sovuqqonlik bilan qayd etgan natijalari, "Vilyarreal"ning ertagi, "Manchester Siti"ning ushalmay qolgan orzusi-yu, "PSJ"ning ko‘milgan umidlari: bularni bari bir mavsumda, 2021-2022 yilda yuz berdi. Quyida mavsumning eng ko‘zga ko‘ringan nomlari keltirilib o‘tiladi.

10. Pau Torres

Aytish mumkinki, Torres o‘tgan yili yangi klubga o‘tishdan bosh tortib to‘g‘ri qilgan. Chunki u o‘zining sevimli jamoasi bilan YECHLda zafarli yurishlarni amalga oshirdi. "Vilyarreal" yarim finalgacha bo‘lgan vaqt davomida biz muxlislarga ko‘plab yulduzlarni kashf etishga yordam berdi. Ammo ular ichida eng yorqini Pau Torres bo‘ldi.

9. Robert Levandovski

"Bavariya" bu mavsumda kamida finalni ko‘zlagani aniq. Ammo maqsadiga yeta olmadi. Shunga qaramay, jamoa hujumchisi Levandovskining porlashi davom etdi. Polsha terma jamoasi a’zosi YECHLning 10 ta o‘yinida jami 13 ta gol urishga erishdi.

8. Darvin Nunyes

Nunyes 2020 yilda "Almeriya"dan olib kelingan edi. Oradan bir yil o‘tib, urugvaylik hujumchi nimalarga qodir ekanini ko‘rsatib qo‘ya oldi. Nunyesning jamoasi YECHL guruh bosqichida "Bavariya" hamda "Barselona" bilan bir qatordan joy olgandi. Ammo pley-offgacha yetib kela oldi. Bu yurish nimchorak finalda "Ayaks" tomonidan to‘xtatilgan edi.

7. Kevin De Bryuyne

"Manchester Siti"ning Yevropani zabt etish rejasi bu safar ham muvaffaqiyatli chiqmadi. Biroq bu narsa De Bryuynening aybi emasdi. U jamoasiga qo‘limda kelgancha ko‘mak berdi. Xususan, "Atletiko" hamda "Real" bilan o‘yinlarda gollar urishga erishdi. Ammo bu yetarli bo‘lmadi.

6. Sebastyan Aller

Allerni YECHLning eng yaxshi 10 ta futbolchisi ro‘yxatidan joy olmasligi adolatdan bo‘lmasdi. Ivuarlik hujumchi mavsumni 8 ta o‘yinda 11 ta gol bilan yakunladi. "Ayaks" esa uni sotib olganidan hech qachon afsus chekmasligi kerak va chekmaydi ham. Qaytaga, Allerga qiziquvchilar soni ko‘pligi sabab, uni yo‘qotish ehtimoli ham ortib bormoqda.

5. Muhammad Saloh

Mavsum Misr terma jamoasi a’zosi uchun omadsiz yakunlandi deb o‘ylarsiz. Ha, oson bo‘lmadi. Lekin oldinda ko‘p narsa kutib turibdi. "Liverpul" esa Parijdagi finalgacha Salohga qattiq suyanib keldi. Hujumchi YECHLdagi mavsumni 8 ta gol bilan tugatgandi.

4. Lyuka Modrich

"Real"ning omadi keldi deyishga shoshilmaslik kerak. Jamoa faqat omadga suyana olmasdi. Unda bir-biridan kuchli va tajribali vakillar borligini ham nazardan chetda qoldira olmaymiz. Modrich esa mavsumning qahramonlaridan biri. 36 yoshli pleymeyker 90 daqiqa uchun qiynala boshlagandir. Ammo u jamoasiga kerak bo‘lgan paytlarda o‘z yordamini taklif eta oladi.

3. Vinisius Junior

Vini 21 yoshda bo‘lishiga qaramay, xuddi "Real"da 21 yildan beri o‘ynab kelayotganga o‘xshaydi. Yevropa havosiga moslashib olgan braziliyalik, bu mavsumni yodirib tashlay oldi. Buning cho‘qqisi esa "Liverpul"ga qarshi finalda ko‘ringan edi.

2. Kurtua

Vinisius raqib darvozasiga gol urish bilan band bo‘lgan bir paytda, maydonning boshqa yakunida Kurtua to‘pni o‘z darvozasiga kirmasligi uchun qattiq harakat qilardi. Belgiyalikning Parijdagi qahramonligi, uni ro‘yxatimizning eng oldi o‘rinlardan joy olishiga yordam beradi. Haqiqatdan ham Kurtua fenomen edi.

1. Karim Benzema

2021-2022 yilgi YECHL mavsumi Karim Benzemaga tegishli bo‘ldi. Faxriy hujumchi o‘zini "Real" yulduzi, jamoa umidi hamda jahonning eng zo‘ri sifatida yana bir bor namoyish qildi. Qisqasi, unga "Oltin to‘p"ni berish kerak. Agarda uni yana Messi olib qo‘ymasa (o‘tgan mavsumdagi Levandovski bilan bog‘liq voqeani eslang)...

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 22:32, 02.06.2022.
O'qildi: 2207 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.