Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Havoga uchgan 105 million yevro yoxud Pogba va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi ertak yakunlandi

Havoga uchgan 105 million yevro yoxud Pogba va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi ertak yakunlandi

Baho:
+ | -

Pol Pogbaning "Manchester Yunayted"dagi hikoyasi yakuniga yetdi. Ingliz klubi bir necha yil avval 105 million yevro evaziga sotib olgan fransiyalik futbolchining ketishini rasman e’lon qildi. Shu sabab bugun biz Pogbaning Angliyadagi faoliyati haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

Pol Pogba iqtidorli futbolchi. Ammo uning karyerasi undanda omadsizroqdek, chamamizda. Fransuz xavbeki “MYU”dan tekinga “Yuventus”ga o‘tgan. Turindagi bir necha yillik ajoyib mavsumdan so‘ng 105 million yevro evaziga “Old Trafford”ga qaytib keldi. Endi esa yana Turin safari uchun chipta olishga yaqin turibdi. Fransuzning “qizil iblislar” safidagi faoliyati esa oddiy bo‘ldi. Qisqa qilib aytganda, Pol mankunianliklar safiga qo‘shilib, o‘zi o‘tirgan shoxni arraladi.

Olti yil oldin, Pogba “Manchester Yunayted”ga qaytganida, bu ingliz klubini yuqori cho‘qqilarga olib chiqish taxmin qilingan va tashqi tomondan qaraganda ham shunday ko‘rinar edi. O‘sha paytda fransuz futbolchisi atigi 23 yoshda bo‘lsa-da, futbol jamoatchiligi tanigan yulduz hisoblanar, tom ma’noda "Yuventus" yetakchisi edi. Pogbaning Premyer-ligada porlashi uchun hamma narsasi bor, biroq, olti yilni sarhisob qilib ko‘rsak, fransuz o‘z imkoniyatlaridan yetarlicha foydalana olmagani va bunga ba’zi narsalar to‘siq bo‘lganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Asosiy aybdor Pogbami? Bu savolga ha deb ham, yo‘q deb ham javob berish mumkin. Bir tomondan fransuz o‘z jarohatlari qurboniga aylandi. Bu holat olti yil davomida juda ko‘p kuzatildi, shuning uchun u ko‘p vaqtni shifoxonada o‘tkazib yubordi. Boshqa tomondan esa Pogba "Manchester Yunayted"da bo‘layotgan tartibsizliklarning qurboniga aylandi. Joze Mourinyo va Ole-Gunnar Sulsher “Old Trafford”da turli xil taktik futbol qurishga harakat qildi. Bu uni vaqti-vaqti bilan o‘z pozisiyasini o‘zgartirishga majbur qildi. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted"da doimiy ravishda o‘yinchilarning rotasiyasi kuzatildi, bu ham uning barqarorligiga jiddiy zarba berdi.

Biroq, bularning barchasi Pogbaning bahonalariga o‘xshaydi. Uning “Manchester Yunayted”dagi butun faoliyatining qaysidir qismi ajoyib mavsumlardan, yana qaysidir qismi esa pasayishlardan iborat. Fransuz o‘zi hohlaganida yuqori saviyadagi o‘yin ko‘rsatishi mumkin edi. U joriy mavsum boshidayoq, aniqrog‘i 4-turga keliboq 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2018/2019 yilgi mavsumning 11-turiga qadar 8 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan va bu fantasitik natija ekanligini ta’kidlash shart emas. Qolaversa, Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tgan JCHdagi Pogbaning harakatlarini eslashimiz mumkin.

Fransuz ingliz klubida ham o‘z darajasidagi o‘yinni namoyish qilgan bo‘lishi mumkin , ammo "Manchester Yunayted"da yetarlicha motivasiya yetishmagani aniq. "Yuventus"da uni tajribali Pirlo, Kyellini, Bonuchchi kabi futbolchilar qo‘llab-quvvatlagan va ular bilan ajoyib o‘yin ko‘rsatgan va unda ortiqcha bosim yo‘q edi. Biroq, "Manchester Yunayted"da uni yetakchi, jamoani boshqaradigan, klubning tayanchiga aylanadigan futbolchi sifatida qabul qilishdi. Biroq, Pogba tajribasiz edi va tabiiyki, u bu nomni ko‘tara olmadi.

Shu ma’noda, bugungi "Yuventus"ga haqiqatan ham u kerakmi, degan savol tug‘iladi. Hozirda turinliklarga jamoani oldinga torta oladigan yetakchilar kerak. Albatta, ayni paytda “Yuventus”da ham katta nomlar yetarlicha bor, ammo ko‘p emas. “Manchester Yunayted” Pogba uchun maosh to‘laganini hisobga olmaganda, faqat transfer uchun ko‘proq (105 million yevro) pul sarfladi. "Yuventus" esa futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oladi va Pogba yana Manchesterdagi kabi o‘yin namoyish qilsa, “keksa sinyora” uchun katta yo‘qotish bo‘lmaydi.

Aslida hikoya achinarli. Iqtidor, jismoniy holat bo‘yicha Pogba o‘z tengdoshlari orasida eng yaxshi markaziy yarim himoyachiga aylanishi kerak edi. Aksincha, u o‘zini to‘liq ochib bera olmagan yana bir futbolchi sifatida yodda qoladi. U uchun Yevropa ligasida g‘alaba qozonish yetarli emas.

Jahon chempionatidagi muvaffaqiyat esa Pogba ko‘p narsaga erisha olishi mumkinligi, ammo erisha olmaganining ramzi va isbotidir.

 

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:45, 02.06.2022.
O'qildi: 4332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик