Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Dalmantiko cup». «Bunyodkor» vakillari bugun barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishdi

«Dalmantiko cup». «Bunyodkor» vakillari bugun barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonishdi

Baho:
+ | -

Bugun “Dalmantiko cup” musobaqasida 2-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Dastlab G‘ulom Halimtoyev murabbiyligidagi “Bunyodkor-2011” ikkinchi uchrashuvida ham g‘alaba qozonib, muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi. Mahalliy OSK bilan kuch sinashgan tarbiyalanuvchilarimiz Abduvoris Qudratovning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Shundan so‘ng musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlagan Alisher Ibrohimov ustozligidagi “Bunyodkor-2009” maydonga chiqdi. Xorvatiyaning “Maksimir” klubiga qarshi to‘p surgan tarbiyalanuvchilarimiz ishonchli o‘yin bilan g‘alaba nashidasini surdi. Emmanuel Emonkpairening dubli “qaldirg‘ochlarimiz”ga dastlabki uch ochkoni taqdim etdi.

Eng katta yosh toifasidagi kecha nursiz durangga imzo chekkan Miraziz Mirzaahmedov boshchiligidagi “Bunyodkor-2008” bugun bir yo‘la ikkita o‘yinda maydonga chiqib, har ikkalasida ham raqibni “taslim” etdi. Dastavval Kosovodan tashrif buyurgan “Drini Bardxe” darvozasi naqd 5 (!) marta ishg‘ol etilgan bo‘lsa, so‘ng mahalliy “Solin” ham ikki marta xafa qilindi. Shu tariqa “Bunyodkor-2008” ikki uchrashuvda raqiblarni 7 marta maydon markaziga chorladi.

“Dalmatinko cup”. 2-tur
"BUNYODKOR-2011" - OSK (Xorvatiya) - 1:0
Gol: Abduvoris Qudratov.

"BUNYODKOR-2009" – “MAKSIMIR” (Xorvatiya) - 2:1
Gollar: Emmanuel Emonkpaire.

"BUNYODKOR-2008" – “DRINI BARDXE” (Kosova) - 5:0
Gollar: Abdulvoris Hojimurodov, Sadriddin Hasanov, Jasur Sharipov, Behruz Taymetov, Javohir Orziqulov.

"BUNYODKOR-2008" – “SOLIN” (Xorvatiya) - 2:0
Gollar: Ibrohim Akbarov, Sadriddin Hasanov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 21:18, 03.06.2022.
O'qildi: 1531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик