Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Dani Alveshning eng yaxshi "o‘n do‘sti". Ular kimlar edi?

Dani Alveshning eng yaxshi "o‘n do‘sti". Ular kimlar edi?

Baho:
+ | -

Klub miqyosida "Barselona", "Yuventus" hamda "PSJ" singari nomdor jamoalar safida to‘p surgan Dani Alvesh, faoliyatini ko‘plab mashhurlar bilan birga o‘tkazdi. Boz ustiga, futbolchining o‘zi ham jahonning eng ko‘p chempioni bo‘lgan Braziliya termasida harakat qiladi. Bugun biz u bilan birga bir jamoada bo‘lgan futbolchilarning eng yaxshi o‘ntaligi haqida ma’lumot beramiz.

Darvozabon – Janluiji Buffon

Buffon barcha davrlarning eng yaxshi darvozaboni sifatida ko‘p bor e’tirof etiladi. Alvesh esa u bilan faqat bir mavsum bir jamoada o‘ynagan. Ammo o‘sha yil "Juventus" uchun ajoyib o‘tgandi. Jamoa liga hamda kubokda g‘olib bo‘lgan, YECHLda esa finalga qadar bora olgan.

Chap qanot himoyachisi – Jordi Alba

Alba hozirga qadar dunyodagi eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri bo‘lib kelmoqda. U butun umrini "Barselona" uchun bag‘ishladi va hozir ham jamoa bilan birga.

O‘ng qanot himoyachisi – Dani Alvesh

Biz Alveshning o‘zini bu jamoaga kiritmay qo‘ya olmaymiz. Shunday emasmi? Qolaversa, so‘nggi 20 yil ichida undan ko‘ra yaxshiroq darajada o‘ynab kelayotgan futbolchini topish qiyin.

Markaziy himoyachi – Karles Puyol

"Barselona"ning gullab-yashnagan davri aynan mana shu inson nomi bilan bog‘liq. Puyol jamoaning tarixdagi eng yaxshi sardorlaridan biri sifatida eslanadi. U Alvesh bilan birga katta yutuqlarga erishgandi.

Markaziy himoyachi –Jorjo Kyellini

Alvesh Kyellini bilan ham faqat bir yil birga bo‘lgan. Ammo ushbu juftlik "Yuventus" mudofaasida eng ishonchli futbolchilar edi. Shubhasiz, ajoyib birlik!

Yarim himoyachi – Kaka

Alvesh va Kaka Braziliya terma jamoasida ham muhim ahamiyat kasb etardi. Kaka "Oltin to‘p" sohibi bo‘lgan. U o‘z vaqtida dunyoning yetakchi yarim himoyachisi edi.

Yarim himoyachi – Andreas Inyesta

Pep Gvardiolaning "Barselona"si aynan mana shu futbolchi asosida shakllangandi. Inyesta 21-asrdagi eng zo‘r futbolchilar qatorida bo‘ladi. U allaqachon "Barselona" timsoliga aylanib ulgurgan.

Yarim himoyachi – Xavi

Xavi "Barselona"da hamda Ispaniya terma jamoasi bilan hamma sovrinlarni qo‘lga kiritgan. YECHL, La-liga, Jahon va Yevropa chempionligi, shular jumlasidandir. "Barsa" afsonasi ayni damda o‘z sevgan jamoasida Alveshga murabbiylik qilmoqda.

O‘ng qanotda – Lionel Messi

Alveshning eng katta nomga ega sobiq jamoadoshi aynan Messidir. U Messiga 43 ta golda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam bergan. Aytish mumkinki, Messi unga katta hurmat bilan qaraydi.

Chap qanot – Ronaldinyo

Braziliyalik futbolchi Alvesh bilan asosan terma jamoa miqyosida birga harakat qilgandi. "Barselona"da esa Ronaldinyo ketgan yili, Alvesh olib kelingan. Ronaldinyo 2004-2006 yillar oralig‘ida dunyoning eng zo‘ri edi. Alvesh jamoadoshlari ichida ham u tanhodir.

Hujumchi – Luis Suares

To‘purar mashina Gollandiya, Angliya hamda Ispaniyada katta yutuqlarga erishgandi. Ammo Suaresning eng pikka chiqqan nuqtasi Dani Alvesh bilan "Barselona"dagi payti bo‘lgan. O‘shanda u 2015-16 yilgi mavsumni 59 ta gol bilan yakunlaydi.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 08:38, 04.06.2022.
O'qildi: 3538 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.