Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

«Borussiya»da Xolandning o‘rnini bosadigan futbolchi bor, keyingi mavsumda jamoa unga quriladi

«Borussiya»da Xolandning o‘rnini bosadigan futbolchi bor, keyingi mavsumda jamoa unga quriladi

Baho:
+ | -

"Borussiya Dortmund"da Jud Bellingem ko‘pchilikning sevimli yarim himoyachisiga aylanib ulgurdi.

Dortmundning "Borussiya" klubi juda chigal mavsum o‘tkazdi. Bundesligada ikkinchi o‘rin naqd qilingan bo‘lsa-da, "qora va sariqlar" barcha kubok musobaqalardan to‘liq mosuvo bo‘ldi. Mavsum yakunlanganidan bir hafta o‘tib, tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra, bosh murabbiy Marko Roze va uning shtabi bilan hamkorlik muddatidan oldin yakunlandi. Jamoada qolgan futbolchilardan qaysi biri kelasi mavsumda yangi bosh murabbiy Edin Terzichga ishonishi mumkin? Ushbu notinch oylarda o‘yinchilardan qaysi biri o‘sdi, kim esa aksincha, pasayib ketdi? Quyida bizning e’tiborimiz markazida - Jud Bellingem bo‘ladi.

"Borussiya Dortmund"dagi birinchi mavsumida Jud ko‘pincha o‘yinlarni zaxira o‘rindig‘idan boshlaganiga qaramay, 2021-2022 yilgi mavsumda shubhasiz, yarim himoya bo‘shlig‘ini sezilarli darajada to‘ldira oldi. Juda qisqa vaqt ichida o‘zining mehnatsevarligi va kuchli ruhiy holati tufayli muxlislarning sevimlisiga aylandi. Va, albatta, o‘yinlardan keyin va ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan muntazam muloqot qilish uning hobbisi hisoblanadi.

18 yoshli o‘yinchi o‘zining jasorati, dadilligini yuqori o‘yin darajasi bilan uyg‘unlashtirgan. U o‘zidan oldingi va orqa pozisiyalarda bemalol o‘ynay oladi. Nemis telekanali tomonidan suratga olingan "JB22 – Dortmunds Überflieger" hujjatli filmida Bellingem "Men hech qachon o‘zimga mos keladigan jamoada o‘ynamaganman", - deya ta’kidlab o‘tgan. "Qora va sariqlar" uchun kuchli va barqaror o‘yinlari bilan Bellingem Angliya terma jamoasi tarkibidan joy oldi va ayni damda "uch sherlar" tarkibida doimiy o‘yinchiga aylangan.

Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan mavsumda Jud Dortmundning "Borussiya"si uchun ajralmas futbolchiga aylandi. Ya’ni Bundesligada u o‘zi maydonga tushgan bahslarning 94 foizida foydali ishlarni amalga oshirgan. Xalqaro miqyosda va Germaniya kubogida esa boshlang‘ich tarkibdagi maydonda ko‘rinish berishlar soni 100 foizni tashkil qilmoqda. 2021-2022 yilgi mavsumda Jud 32 o‘yinda jami 335,9 kilometr (har bir o‘yinga o‘rtacha 10,49 kilometr) yugurib, "qora-sariqlar" safida eng faol va mehnatkash futbolchilardan biri bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida belgiyalik Tomas MenYE, Torgan Azar va Marius Volf undan ko‘proq yugurishgan xolos.

Uning maydon o‘rtasidagi pozisiyasi ham jamoaning hujumkor harakatlarida faol ishtirok etishini kafolatlab bergan. Umuman olganda, u barcha musobaqalar doirasida 44 ta rasmiy o‘yinda 20 ochko (6 gol va 14 golli uzatma) qo‘lga kiritdi. Bundesligada esa 3 ta gol urdi va 8 marta jamoadoshlariga assistentlik qildi. Chempionlar ligasida uning hisobida 1 ta gol va 3 ta golli uzatma bor. Jud Yevropa Ligasining "Reynjers"ga qarshi ikkala o‘yinida ushbu turnirni muddatidan oldin yakunlashga haqli emasligini isbotlagan kam sonli o‘yinchilardan biri bo‘ldi. U "Borussiya"ning to‘rtta golida ham ishtirok etdi - ikkitasini o‘zi urdi va yana ikki bor sheriklariga uzatma yo‘lladi. "Borussiya Dortmund"dagi bugungi Bellingem shubhasiz, fidoyiligi bilan ajralib turadi. Biroq, ba’zida u juda shiddatkor va impulsiv harakatlar qilib yuboradi, buning natijasida himoyada keraksiz qo‘polliklar sodir etadi. Judning haddan tashqari emosiyalarga berilib ketishi ba’zan uning uchun minusga ishlashi mumkin. U hakamlar bilan muloqot jarayonida ancha qo‘pollashib ketadi. “Reynjers” bilan Yevropa Ligasi o‘yinida u o‘ylab o‘tirmay 28 yoshli Niko Shulsga zarba berib yubordi. "Bavariya"ga qarshi o‘yinda esa hakamlar guruhining shubhali qarorlaridan so‘ng Bellingem o‘yin bosh hakami Feliks Svayerga nisbatan keskin gapirdi va o‘z intervyusida bu uchrashuvga Germaniya futbol ligasi tomonidan pul tikilganini aytdi. Shundan so‘ng liga mutasaddilari bunga qarshi o‘z tergovini boshladi, natijada Bellingem moliyaviy jazoga tortiladigan bo‘ldi.

Yosh bo‘lishiga qaramay, 18 yoshli futbolchi allaqachon yarim himoya zonasida yetakchilikni qo‘lga olgan va jamoaning so‘zsiz lideri hisoblanadi. "Bu jamoamdagi rol va mas’uliyatni o‘z zimmamga olish men uchun juda katta ahamiyatga ega", - deydi ingliz futbolchisi. Kelajakda uning albatta jamoada yanada muhimroq rol o‘ynashi aniq. “Men keyingi mavsumni intiqlik bilan kutyapman. Kelgusi mavsumda ham shu yerda bo‘laman. Muxlislarga va’da beraman", - deydi Bellingem. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Yevropaning barcha yetakchi klublari uni uzoq vaqtdan beri ko‘zdan kechirishmoqda. Uni jiddiy va uzoq vaqt shu yerda ushlab turish va Dortmundda bo‘lishi uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida "Borussiya" uning ukasi Jobning transferini ko‘rib chiqmoqda, u avvalroq Brakeldagi mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurgan.

Jud Bellingem katta futboldagi faoliyatini endigina boshlagan va uni hali oldinda ko‘p narsa kutmoqda, ammo Dortmundda uning rejalari kattaroq: "So‘nggi bir necha yil biz «Bavariya»dan juda uzoqda edik. O‘n yillik seriyani buzish "Borussiya Dortmund" uchun ham, shaxsan men uchun ham aql bovar qilmaydigan voqea bo‘lardi, shuning uchun keyingi mavsumda biz yana bu cho‘qqini zabt etamiz. Chunki uzoq vaqt hukmronlik qilib kelgan jamoani mag‘lub etish Yevropadagi eng katta yutuqlardan biri bo‘lardi. O‘ylaymanki, bu juda zo‘r bo‘ladi va bu har bir mavsumdagi maqsadimiz bo‘lishi kerak", - deydi Jud.

Bunday o‘sish va unga bo‘lgan bu kabi munosabatlardan so‘ng, ishonch bilan aytishim mumkinki, Edin Terzich boshchiligidagi keyingi mavsumda o‘yin Jud atrofida quriladi, chunki yangi bosh murabbiyga xarakter va ambisiyali o‘yinchilar juda yoqadi.

Kiritildi: 21:20, 04.06.2022.
O'qildi: 2909 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.