Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

AFC U23. Chorak finalda kim bilan o‘ynaymiz yoxud Avstraliya va Iordaniya eshitib qolmasin

AFC U23. Chorak finalda kim bilan o‘ynaymiz yoxud Avstraliya va Iordaniya eshitib qolmasin

Baho:
+ | -

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2-turda Qatar ustidan g‘alaba qozondi. Natijada jamoamiz o‘z ochkolarini 6taga yetkazgan holda, "A" guruhida 1-o‘rin masalasini hal qildi. So‘nggi turda Eronga qarshi bahs, natija nuqtai nazaridan, biz uchun ahamiyatga ega emas.

Reglamentga ko‘ra, chorak finalda O‘zbekistonga "B" guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa raqib bo‘ladi. Bu guruhda qaysi jamoa bizga raqib bo‘lishi mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘-tT-NOchko
1 Avstraliya 2 1 1 0 3-1 4
2 Iordaniya 2 1 1 0 2-1 4
3 Iroq 2 0 2 0 2-2 2
4 Kuvayt 2 0 0 2 0-3 0


1. Jadvalda ko‘rib turganingizdek, Kuvayt pley-offga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqarib bo‘ldi. Guruhdan chiqish uchun 2ta o‘ringa 3ta jamoa da’vogarlik qilishmoqda: Avstraliya, Iordaniya va Iroq. Bu guruhdagi so‘nggi tur o‘yinlari quyidagicha:

Avstraliya - Iordaniya
Iroq - Kuvayt.

2. Uchinchi turda Iroqqa faqat va faqat g‘alaba kerak. Aks holda jamoa guruhda qolib ketadi. Iroqliklar Kuvaytni mag‘lub etishsa, o‘z ochkolarini 5 ochkoga yetkazib olishadi.

3. Avstraliya - Iordaniya bahsida g‘alaba qozongan jamoa guruh g‘olibiga aylanadi. Yutqazgan jamoa esa, parallel o‘yinda Iroq g‘alaba qozongan taqdirda, musobaqa bilan xayrlashadi.

4. Avstraliya va Iordaniya birdaniga keyingi bosqichga chiqish varianti bormi? Bor! Buning uchun ular so‘nggi turda o‘zaro ko‘proq gol urib, durang qayd etishlar kerak. Masalan: 2:2, 3:3, 4:4 va hokazo. Ana shunda Iroq guruhda qoladiyu, bu ikki jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Chunki, reglamentga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq jamoaning ochkolari teng kelib qolganida, o‘zaro o‘yinlar natijasi (ochkolar, to‘plar farqi, urilgan gollar soni) inobatga olinadi. Bu holatda Iordaniya 2-o‘rinni egallab, chorak finalda O‘zbekistonga raqib bo‘ladi.

5. Avstraliya - Iordaniya o‘yinida 0:0 hisobidagi durang qayd etilsa, yuqoridagi qoidaga ko‘ra, Iroq 1-o‘rinni egallasa, Avstraliya guruhda 2-o‘rinni band etadi.

6. Avstraliya - Iordaniya uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan holatda esa 3ta jamoaning o‘zaro o‘yindagi natijalarida mutlaqo tenglik yuzaga keladi. O‘rinlar taqsimotida bu jamoalarning Kuvaytga qarshi o‘yindagi natijalariga qaraladi. Shuning uchun Iroq 3-turda Kuvaytni kamida 2 ta to‘p farqi bilan yutishga harakat qiladi.

"B" guruhidagi 3-tur o‘yinlari 7 iyun kuni 18:00da boshlanadi. Uchrashuvlar yakunlanganidan so‘ng raqibimiz aniq bo‘ladi. O‘zbekiston olimpiya termasiga esa pley-off qaysi jamoa raqib bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Kapadze shogirdlari raqib tanlab o‘tirishmaydi. O‘zbekiston chorak final bahsini 11 iyun, shanba kuni "Paxtakor" stadionida o‘tkazadi. Bahs 21:00ga belgilangan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:56, 05.06.2022.
O'qildi: 5545 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик