Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Diyor Mirzaboyev: "O‘ylaymanki, adolatli durang bo‘ldi''

Diyor Mirzaboyev: "O‘ylaymanki, adolatli durang bo‘ldi''

Baho:
+ | -

"Yangiyer" - "Andijon" o‘yinidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Diyor Mirzaboyev qatnashdi.

— Uchrashuv haqida fikringiz?
— O‘yin bo‘yicha bizda xavotir yo‘q edi. Biz tayyorlangandik, to‘pni ko‘proq nazorat qilsak, bizga osonroq bo‘lishi va vaziyatlar yaratishimizni bilardik. Har doimgidek ko‘p klublarni boshiga tushgan narsa bizni ham boshimizga tushdi. Standart vaziyatlardan imkoniyatlarni yaratishdi. Gol urgan jamoa yutadigan o‘yin bo‘ldi.  Ular darvozamiz oldida golli imkoniyatlarni yaratishdi. Shundan keyin bizda ham vaziyat bo‘ldi. Agar Shoxruh Xolmatov gol urganida boshqacha bo‘lardi. O‘ylaymanki, adolatli durang bo‘ldi.  

— Abduqahhor Hojiakbarov nega zaxirada qoldirildi?
— Hojiakbarov oyog‘idan operasiya bo‘lgan. Eski jarohati bezovta qildi.  "Aral Samali"ga qarshi o‘yinda uni sun’iy maydonga tushirgandim.  Keyin oyog‘i bezovta bo‘ldi. Navbatdagi bahsdan oldin ham oyog‘i og‘rib qoldi. Bu safar uni saqladik. Hojiakbarov asosiy tarkib futbolchisi. Agar o‘ynaganida asqotardi. Afsuski, sog‘ bo‘lmagan futbolchini maydonga tushira olmayman. Mashg‘ulotlarni ko‘p o‘tkazib yubordi.

— Bugun "Yangiyer" ham, "Andijon" ham durang o‘ynab ochkolarini yo‘qotishdi. Ushbu durangdan kim yutdi?
— Bizni vaziyatimizda hozirgi o‘yindan kelib chiqib, durang adolatli natija bo‘ldi. Durangdan kim yutganini bilmadim, lekin biz yutqazmasdan kelyapmiz va mag‘lubiyatsiz seriyamizni uzoq vaqtga cho‘zmoqchimiz.

— "Andijon" siz xohlagandek o‘yin ko‘rsatdimi yoki...
— "Andijon"da oldin ishlaganman va jamoani bilaman. Bo‘ydor o‘yinchilari bor. Ko‘p golli imkoniyatlarini standart vaziyatlardan yaratishdi. Biz ham himoyada asosiy urg‘uni shunga qaratgandik.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:17, 05.06.2022.
O'qildi: 1384 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.