Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

«Dalmatinko cup». «Bunyodkor» tarbiyalanuvchilari ishtirok etgan musobaqa yakunlandi

«Dalmatinko cup». «Bunyodkor» tarbiyalanuvchilari ishtirok etgan musobaqa yakunlandi

Baho:
+ | -

Xorvatiyaning turli shaharlarida bo‘lib o‘tgan “Dalmatinko cup” xalqaro musobaqasi yakuniga yetdi.

“Bunyodkor”ning uchta yosh toifasidagi jamoalari ishtirok etgan musobaqa tarbiyalanuvchilarimizga katta maktab vazifasini o‘tab berdi, deyish mumkin. Zero, Xorvatiya va Yevropaning boshqa nomdor klublari akademiyasi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushgan “qaldirg‘ochlarimiz” yevropalik tengqurlaridan hech bir jabhada ortda emasligini ko‘rsata oldi. Uchchala jamoamiz ham guruh bosqichidan pley-offga yo‘l olgani so‘zimizga isbot bo‘ladi. Garchi ikki jamoamiz chorak finalda kurashni to‘xtatgan bo‘lsa-da, o‘yinda mag‘lub bo‘lgani yo‘q. Miraziz Mirzaahmedov murabbiyligidagi “Bunyodkor-2008” mahalliy “Primoras”ga qarshi bahsda ikki bor hisobda oldinga chiqib oldi. Mezbonlar ikki marta tarbiyalanuvchilarimizni quvib yetishga majbur bo‘lishdi. Penaltilar seriyasida omad maydon egalariga kulib boqdi. Penaltilar seriyasi lotoreya ekanligi futbol jamoatchiligiga sir emas.

Bugun yana bir jamoamiz chorak finalda kurashni to‘xtatganidan xabaringiz bor. Alisher Ibrohimov boshchiligidagi “Bunyodkor-2009” Xorvatiyaning o‘sha mashhur “Dinamo Zagreb” jamoasi tarbiyalanuvchilariga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. Aytish kerakki, Alisher Ibrohimov shogirdlari nomdor raqib safidagi tengdoshlaridan o‘yin borasida ustun bo‘lsa bo‘ldiki, kuchsiz ko‘ringani yo‘q. Shunchaki, bu bahsda ham lotoreya o‘yin taqdirini hal qildi. Penaltilar seriyasida ham kurash keskin kechganini hisobdan bilish mumkin – 8:7.

Chorak finalga qadar o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagan G‘ulom Halimtoyev ustozligidagi “Bunyodkor-2011”ning “Dalmatinko cup”dagi ishtirokini faqat olqishlash mumkin. Finalgacha yetib kelgan “qaldirg‘ochlarimiz” hal qiluvchi bahsda yirik hisobda yutqazgan bo‘lsa-da, bu tarbiyalanuvchilarimizning kuchsizligidan emas, balki bir kunda yuqori bosimda uchta o‘yin o‘tkazish og‘irlik qilgani bilan bog‘liq. Ham ruhiy ham jismoniy charchoq finalda pand berdi.

Umumiy ma’noda “qaldirg‘ochlarimiz”ning “Dalmatinko cup”dagi ishtirokini har tomonlama ijobiy baholay olamiz. Bolalar futboli har tomonlama rivojlangan Xorvatiya maydonlarida “yo‘qolib” qolmagan tarbiyalanuvchilarimiz “Bunyodkor” kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanligidan darak beradi!

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 06:20, 06.06.2022.
O'qildi: 1674 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.