Ukraina terma jamoasi futbolchisi Aleksandr Zinchenko JCH-2022 saralashining so‘nggi pley-offida o‘z jamoasining mag‘lubiyati haqida gapirdi. Ukrainaliklar Uels terma jamoasiga mag‘lub bo‘lishdi (0:1).
Andrey Yarmolenko avtogol muallifiga aylandi.
“Afsuski, Ukraina termasi JCH-2022 saralashining so‘nggi o‘yinida Uelsga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi va jahon chempionatiga chiqmaydi. Men sizlar bilan faxrlanaman. Asosiy g‘alabalar hali oldinda”, — deb yozdi Zinchenko.
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi jahon chempionatining final bosqichi 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi.