Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Bosh to‘purar — qishloqlik uqituvchi

Bosh to‘purar — qishloqlik uqituvchi

Baho:
+ | -

«Chelsi» navbatdagi bor Angliya kubogini boy berdi - penaltilar seriyasida omad «Liverpul»ga kulib boqdi. Ammo turnirning eng yaxshi to‘purari nomi kimga nasib qildi?

Xarri Keynmi yoki Romelu Lukaku? Yo‘q, ular uchtadan to‘p kiritishdi, Riyod Mahrez esa - to‘rtta. Ammo jazoirlik vingerga ham tengsiz mergan bo‘lish nasib qilmadi. Vaholanki, u musobaqaning asosiy qismida hammadan ko‘p to‘p kiritgandi.

«Uembli»da to‘purarga atalgan sovrin Shimoliy Yorkshir chetidagi mo‘’jazgina qishloqdan chiqqan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va «Marsk Yunayted» hujumchisi - 31 yoshli Adam Boysga topshirildi. Uning hisobida 11ta gol bor, vaholanki, jamoasi birinchi raundga ham chiqolmadi! Chalkashib ketdingizmi? Keling, ushbu masalani tahlil qilamiz.

«Marsk» joriy mavsum 8-ligada qatnashdi, shu bois, kubok bahslarini saralashdan boshladi. Dastlabki raunddan kurashga kirishgan jamoa to‘rtinchi bosqichda to‘xtadi. Ya’ni, «Marsk» 5ta saralash o‘yini o‘tkazdi - Boys aynan shu davrda 11ta gol urdi. Jamoasining kvalifikasiya uchrashuvlarida qayd etgan to‘plar nisbati 19:3ga teng bo‘ldi. Ha, jamoa gollarining yarmidan ko‘pi Boysning hisobida.

Odatda, saralash bahslaridagi gollar inobatga olinmaydi, lekin bu mavsum Angliya kubogining 150 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan, tashkilotchilar turnirning havaskorlarga bag‘ishlangan qismiga chiroyli ko‘rinish berishga ahd qilishdi. Boysni final uchrashuviga taklif etishdi, u «Chelsi» - «Liverpul» o‘yinidan oldin to‘pni maydonga olib chiqdi.

Shu pallada Gari Lineker Alan Shirerga hazilomuz murojaat qildi: «Kubokda shimoliy-sharqdan chiqqan shaxsning kichik muvaffaqiyatga erishganini ko‘rish yoqimli, shunaqami?» (Marsk va Nyukaslning bir-biriga yaqinligini nazarda tutgandi).

O‘yindan so‘ng Boys taqdirlandi. E’tiborlisi, hujumchi hazil aralash bo‘lsada, final bahsida kimningdir 8-10ta gol urishidan xavotirlangandi. «Odamlar hali sovrinni qo‘lga kiritmaganimni aytishda davom etishmoqda, chunki hal qiluvchi o‘yinda kimdir 10ta yoki shunga yaqin gol urishi mumkin. Omad borasidagi imkoniyatlarimdan kelib chiqsam, bu imkonsiz narsa emas!», - dedi Adam tabassum bilan.

Boys esda qolarli ushbu voqeaga otasi va yana ikki qarindoshini ham taklif etdi. «Uembli» bu futbolchiga tanish - 2009 yilda FA sovrini (yarim professional klublar o‘rtasidagi kubok) finalida yutqazgandi.

Adam faoliyatining katta qismini 5-6-divizionlarda o‘tkazgan, ammo 2020 yilda 8-divizion vakili bo‘lgan jamoa safiga qo‘shildi, sababi - bu klub stadioni bilan uyini atigi 7 daqiqalik yo‘l ajratib turardi. Joriy mavsum Boys uchun megamuvaffaqiyatli kechdi - kubok bahslaridagi to‘purarlikdan tash-qari, ligadagi 48 o‘yinda 46ta gol urdi. Bu esa «Marsk Yunayted»ga o‘z tarixida ilk bor 7-divizionga ko‘tarilish imkonini berdi.

Adamning ishonchi komil - Marsk-bay-ze-Si qishlog‘i sharafini himoya qiluvchi klub bu ligada yo‘qolib qolmaydi: «Yigitlarga aytdim, hozirgi jamoamiz men beshinchi divizionda o‘ynagan «Barrou» kabi ajoyib. Bu tarkibda yanada yuqoriroq darajada to‘p surishga qodir yigitlar bor. Albatta, ularning ketishlarini istamayman. O‘ylashimcha, yangi ligada istalgan raqibni mag‘lub etishga qodir jamoaga egamiz».

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:00, 06.06.2022.
O'qildi: 2038 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.