Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Qarshi U23 Osiyo kubogi o‘yinlariga qanday tayyorgarlik ko‘rdi?

Qarshi U23 Osiyo kubogi o‘yinlariga qanday tayyorgarlik ko‘rdi?

Baho:
+ | -

1 iyun kuni Toshkent va Qarshi shaharlarida uzoq kutilgan U-23 toifasidagi Osiyo kubogiga start berildi.

Maxsus muxbirimiz shu munosabat bilan O‘FA Hududiy futbol assosiasiyalari bilan ishlash bo‘limi rahbari Baxtiyor Shirinovni suhbatga chorlab, turnirga tayyorgarlik darajasi qandayligiga qiziqqandi.

- Mamlakatimiz yana bir yirik va nufuzli xalqaro turnirni qabul qilishga shay. Chempionatga tayyorgarlik bo‘yicha nimalarni qo‘shimcha qila olasiz?

- Avvalo, aytish kerak, U-23 belgisi ostidagi Osiyo kubogi yurtimizda birinchi marta mehmon bo‘ladi. Shunga yarasha, «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv» va Qarshidagi «Markaziy» stadionlarida keng qamrovli ishlar olib borildi. Hozirda 19 iyungacha davom etadigan turnirga tayyorgarlik ishlari to‘liq nihoyasiga yetkazildi. OFK delegasiyasi va mehmon jamoalar uchun munosib shart-sharoitlar yaratildi.

- «V» guruhi o‘yinlari uchun Qarshi shahri tanlandi. Bu borada qanday fikr­dasiz?

- Bu - so‘nggi yillar Qash­qadaryo futbolida amalga oshirilgan rejali ishlar samarasi. Xususan, viloyat markazida futbolga munosabat tamomila o‘zgacha. Birgina «Nasaf»ning ravon yo‘lga tushib olganini misol sifatida keltirish mumkin. Infratuzilma zo‘r: barcha qulayliklarni o‘z ichiga olgan stadion, klub bazasi, maxsus futbol maktabi, U-21 jamoasi ixtiyoriga berilgan qarorgoh... Aytish kerak, viloyat hokimligi, hududiy FA, yana «Sho‘rtangazkimyo» majmuasi kabi o‘nlab homiy tashkilotlar musobaqani yuqori saviyada qabul qilishda alohida jonbozlik ko‘rsatdi. «Markaziy» arenasi to‘liq ta’mirlandi, valyutalar almashtirish uchun bankomatlar o‘rnatildi, obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Asosiysi, chiptalar bahosi muxlislar uchun optimal darajada belgilandi. Ular 1ta chipta bilan 2ta o‘yin ko‘rish imkoniyatiga egalar. Muxlislar chiptani internet orqali ham xarid qilishlari mumkin. Bundan tashqari, shahardagi «Afrosiyob», «Grant Sarbon», «Sulton» va «Hisor» mehmonxonalari ishtirokchilarga sifatli xizmat ko‘rsatishga shay. 

Darvoqe, Qarshi «V» kvartetidagi 5ta o‘yindan tashqari, 7 iyun kuniga belgilangan O‘zbekiston - Eron qarama-qarshiligi («A» guruhi)ga ham o‘z bag‘rini ochadi. E’tiborli tomoni, Qarshi shahriga ishonib topshirilgan barcha o‘yinlar 1ta stadionda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar uchun esa qo‘shimcha 2ta arena bor - «Geolog» va «Mehnatchi».

- Mezbon - O‘zbekiston termasining imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Albatta, olimpiyachilarimizdan umidimiz katta. To‘g‘ri, bu safargi turnir Olimpiada eshiklarini ochmaydi. Shunday bo‘lsada, bo‘lajak o‘yinlar yosh iqtidorlar uchun jiddiy imtihon vazifasini o‘tashi tayin. Umuman, qit’a miqyosidagi ikkinchi darajali turnirning O‘zbekistonga topshirilgani OFK, qolaversa, FIFA tomonidan o‘zbek futbolining yana bir bor e’tirof etilishi demakdir.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

“InterFUTBOL” gazetasining 31 may kungi seshanba sonidan olindi.

Kiritildi: 10:15, 06.06.2022.
O'qildi: 3744 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.