Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Futbol klublarining yangi formalari. Go‘zallikdan bahramand bo‘ling!

Futbol klublarining yangi formalari. Go‘zallikdan bahramand bo‘ling!

Baho:
+ | -

Yevropada futbol mavsumi nihoyasiga yetdi, demak, yangi liboslar vaqti keldi! Top-klublar birin-ketin yangilangan to‘plamlarni taqdim etishmoqda. Ba’zi liboslar haqiqiy san’at asari, boshqalari minimalizmning timsoli. Ushbu maqolamizda Yevropaning asosiy futbol jamoalari liboslarini ko‘rib chiqamiz

"Liverpul"
Mamlakat: Angliya
Uniforma ishlab chiqaruvchisi: Nike

"Liverpul" Premyer-ligadagi asosiy raqibidan farqli o‘laroq, minimalistic dizaynda formada o‘ynashni afzal bilmoqda.

“Yuventus”
Mamlakat: Italiya
Uniforma ishlab chiqaruvchisi: Adidas

Bir qarashda “Yuventus” klassik formaga ega – oq fon va qora vertikal chiziqlar. Ammo bu safar chiziqlarning o‘zi g‘ayrioddiy. Ular kichik qora uchburchaklardan iborat. Ushbu dizaynning ham o‘z muxlislari topilishi aniq.

"Barselona"
Mamlakat: Ispaniya
Uniforma ishlab chiqaruvchisi: Nike

Yana bir go‘zallik. "Barselona" ning yangi libosida klassik ko‘k va anorrangga qo‘shimcha ravishda to‘q ko‘k paydo bo‘ldi. Futbolkaning ustki qismi, yenglari va ayrim chiziqlari xuddi shunday qilingan. Texnik homiyning logotipi oltin rangda ishlangan.

"Manchester Siti"
Mamlakat: Angliya
Uniforma ishlab chiqaruvchisi: Puma

Angliya chempionlari chiroyli va noodatiy formaga ega. Asosiy rang an’anaviy ravishda ko‘k. Yangi libosda klub emblemasi markazga ko‘chdi. Yoqa va yeng qimida manjet paydo bo‘lgan (60 yillarning oxiri va 70 yillarning boshidagi liboslarga o‘xshatma). Darvozabon libosi uchun to‘q sariq rang tanlangan.

 

"Real Madrid"
Mamlakat: Ispaniya
Uniforma ishlab chiqaruvchisi: Adidas

Aftidan, “Real Madrid” hech kimni hayratda qoldirmoqchi emas. Shuning uchun bu safar jamoa dizaynerlari klassik liboslardan andoza olishgan . Binafsharang chiziqlar, qora rangning qaytarilishi. Bu Madrid jamoasining yangi formasi. Darvoqe, klub bu yil o‘zining 120 yilligini nishonlamoqda va bu raqam futbolkaning ichki qismida belgilangan.

“Bavariya”
Mamlakat: Germaniya
Uniforma ishlab chiqaruvchisi: Adidas

"Bavariya"ning yangi uy libosi asosan qizil rangda. Uning oq manjetlari, yoqasi va gorizontal chiziqlari bor (ularning barchasi har xil qalinlikda). 5 may kuni forma taqdimoti bo‘lib o‘tdi va uch kundan so‘ng futbolchilar unda Bundesliga doirasida "Shtutgart"ga (2:2) qarshi o‘yin o‘tkazishdi.

Yangi mavsumda yorqin libosli jamoalardan, yorqin o‘yinlar kutib qolamiz.

Kiritildi: 19:27, 06.06.2022.
O'qildi: 7896 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.