"Atalanta" yarim himoyachi Aleksey Miranchukni ijaraga berib yubormoqchi.
Il Gorno xabariga ko‘ra, klub 26 yoshli futbolchini ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda sotib olish sharti bilan ijaraga bermoqchi.
Rahbariyat Miranchukdan hafsalasi pir bo‘lgan va ikki yil avval uni sotib olish uchun sarflangan pulni qaytarish niyatida.
Manbaga ko‘ra, yarim himoyachining "Bolonya"ga o‘tishi ehtimoli bor. Miranchukning o‘zi Italiyada qolishni istaydi va "Bolonya"da o‘ynashga tayyor.
2021/22 yilgi mavsumda rossiyalik futbolchi “Atalanta” safida barcha musobaqalarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Miranchukning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.













