Madridning "Real" klubi "Monako" yarim himoyachisi Orlyen Tchuamenini sotib oladi.
The Athletic xabariga ko‘ra, Madrid klubi monegaskliklar bilan 22 yoshli yarim himoyachining transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Bitim summasi 100 million yevrodan oshadi.
Hozir klublar kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini yakunlamoqda. Shundan so‘ng futbolchining transferi rasman e’lon qilinadi.
"Real"ga o‘tish uchun fransiyalik futbolchi "PSJ", "Liverpul" va "Manchester Yunayted"dan voz kechdi.
O‘tgan mavsumda futbolchi "Monako" safida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urishga erishgan.













