Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Timur Kapadze: «Keyingi o‘yinga qaysi futbolchi tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi»

Timur Kapadze: «Keyingi o‘yinga qaysi futbolchi tayyor bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Eronga qarshi bo‘lib o‘tgan 3-tur bahsidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

— Bugungi o‘yinda barcha yaxshi harakat qildi. Afsuski g‘alaba qozona olmadik. O‘yinga keladigan bo‘lsak, uchrashuv shiddatli bo‘ldi. Eronga g‘alaba kerak edi. Biz keyingi bosqich yo‘llanmasini hal qilgan bo‘lsak ham, bu o‘yinni muhim sanab, chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Endilikda bor e’tiborimizni keyingi bosqich uchrashuviga qaratamiz.

Rotasiya haqida

— Biz barcha futbolchilarni tekshirib olishimiz kerak edi. Bugungi o‘yin orqali ularni ruhiy va jismoniy tomondan sinab oldik. Bugungi uchrashuvda yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. Norchayev va Erkinovda ham ajoyib imkoniyatlar yuzaga keldi. Umuman olganda, hamma o‘z ishini yaxshi bajardi.

Keyingi uchrashuvlarga kelsak, kim tayyor bo‘lsa, o‘shalar maydonga tushadi. Biz oldimizga yuqori maqsad qo‘yganmiz. Shu sababli, munosib futbolchilarni maydonga tushiramiz. Eng muhimi, hamma futbolchilarimizda asosiy tarkibda maydonga tushish uchun yetarlicha potensial bor. Aytganimdek, kim tayyor bo‘lsa, shu boshlang‘ich tarkibdan joy oladi.

Iroq terma jamoasi haqida gapiradigan bo‘lsam, raqib kuchli jamoa. O‘zi aslida, bu bosqichda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Iroqlik futbolchilar yaxshi harakat qilishadi. Biz ushbu o‘yinga munosib tayyorlanamiz deb o‘ylayman.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 06:15, 08.06.2022.
O'qildi: 3037 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик