Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/08 19:30 Navbahor 5-1 Xorazm
02/08 20:00 Mash’al 1-3 So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum 3-0 Bunyodkor
03/08 19:30 Qo‘qon-1912 - Surxon
03/08 20:00 OKMK - Nasaf
03/08 20:30 Dinamo - Neftchi

Tchuameni "Real"ga 116 million yevroga tushishi mumkin

Tchuameni "Real"ga 116 million yevroga tushishi mumkin

Baho:
+ | -

"Monako" yarim himoyachisi Orlyen Tchuameni "Real"ga 116 million yevroga tushishi mumkin, deya xabar beradi RMC Sport.

Manbaning xabariga ko‘ra, agar shartnomada ko‘rsatilgan barcha bonuslar faollashtirilsa, Madrid klubi 22 yoshli fransiyalik futbolchi uchun shuncha pul to‘laydi.

Qayd etilishicha, monegasklar olishi mumkin bo‘lgan maksimal bonus miqdori 20 million yevroni tashkil qiladi.

Oldinroq Madridning “Real” klubi “Monako” bilan Tchuameni transferi borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

Yarim himoyachi Madrid klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

O‘tgan mavsumda fransiyalik futbolchi “Monako” safida barcha turnirlar doirasida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 15:24, 08.06.2022.
O'qildi: 4386 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик