Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 13:00 Yaponiya - Avstraliya
27/01 15:00 Eron - Malayziya
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
27/01 17:00 O‘zbekiston - Tojikiston
28/01 11:00 Afg‘oniston - Saudiya Arabistoni

Qarshidagi rekord yangilanadimi?

Qarshidagi rekord yangilanadimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda, ya’ni, Toshkent va Qarshi shaharlarida U-23 Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Mazkur chempionatning “A” guruhi, 3-turidan o‘rin olgan, 7 iyun kuni Qarshidagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Eron (1:1) U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga 20 mingga yaqin muxlis tashrif buyurdi.

Ma’lumki, bugundan Namanganda Osiyo kubogi – 2023 saralash bosqichining “S” guruhi o‘yinlari boshlanadi. Bugun mazkur guruhning 1-turidan o‘rin olgan Tailand – Maldiv orollari, O‘zbekiston – Shri-Lanka terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu o‘yinlar uchun chiptalar 6 iyun kuni sotuvga chiqdi va ayni paytda chiptalar sotuvi avjida!
Chiptalar narxi 10.000 so‘m etib belgilangan hamda muxlislar bitta chipta xarid qilgan holda, har ikki bahsni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Muxlislardan mazkur o‘yinlarga tashrif buyurgan holda, Namanganning haqiqiy futbol viloyati ekanligi, milliy terma jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolamiz.

Xo‘sh, bugungi bahsda Qarshidagi muxlislar rekordi yangilanadimi?
Shunga umid qilgan holda, ishqibozlardan bugungi uchrashuvlarga tashrif buyurib, stadion o‘rindiqlarini to‘ldirishlariga tilakdoshmiz.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 15:56, 08.06.2022.
O'qildi: 4289 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.