Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“Bavariya” sabab futbolga bo‘lgan qiziqishim o‘ldi” yoxud LevanGolski nega klubdan ketmoqda

“Bavariya” sabab futbolga bo‘lgan qiziqishim o‘ldi” yoxud LevanGolski nega klubdan ketmoqda

Baho:
+ | -

Robert Levandovski so‘nggi bir necha yil davomida "Bavariya"ning haqiqiy yetakchisiga aylandi, biroq u yozda Myunxenni tark etmoqchi. Klub polshalik goleadorni tarkibda saqlab qolish niyatida ekanini aytmoqda, hujumchi esa ortiq kutishni istamayapti va shu sabab tezda “nemis mashinasi” safidan ketishni istamoqda. Shu sabab bugun biz shu haqida biroz fikr yuritishga qaror qildik.

Robert Levandovskining klub bilan shartnomasi tugashiga yana bir mavsumga amal qilishiga qaramay, “Bavariya”ni tark etmoqchi ekanligini aytdi. Yevropa klublarida polyak jamoasini o‘zgartirish istagini bildirgan yagona futbolchi emas. Sadio Mane "Liverpul"ni tark etmoqchi. Biroq, senegallikdan farqli o‘laroq, Roberning vaziyati boshqacha. U va klub o‘rtasida jiddiy mojaro bor. "Bavariya" rahbariyati hujumchi shartnomani oxirigacha o‘ynashi kerakligini ochiqchasiga ma’lum qildi va uni sotish myunxenliklar rejalariga kiritilmaganini ta’kidladi. Bunga javoban Levandovski shunday dedi: “Menda futbolga nisbatan qiziqish yo‘qoldi. Shu sabab, "Bavariya"ni tark etmoqchiman. Ehtimol, Myunxendan ketsam, futbolga bo‘lgan qiziqishim qayta uyg‘oanar?!”

Kuni kecha hujumchi klubni hurmatsizlikda ham aybladi: “Qaysidir futbolchi Myunxenda menikiga o‘xshash vaziyat boshiga tushishini bilsa, “Bavariya”ga o‘tishni istamasligi aniq”, – deydi Levandovski.

Nima bo‘ldi? Nega Levandovski sevimli klubini o‘zgartirishga qaror qildi? Polyak "Bavariya"da 8 yildan beri o‘ynab kelmoqda, bu vaqt davomida u doimiy ravishda Bundesligada, shuningdek Chempionlar Ligasida ham g‘alaba qozondi. Ayni paytda Levandovski shunchaki ketmayapti, balki tom ma’noda o‘zi kirgan eshikni qattiq yopib chiqib ketmoqda.

Ko‘rinib turibdiki, bir nechta sabablar bor. Avgust oyida 34 yoshga to‘ladigan Levandovskining nemis klubi bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Balki u boshqa klubda ham o‘z omadini sinab ko‘rmoqchidir?! Germaniyada uni o‘ziga torta oladigan hech narsa yo‘q.  U yerda Robert jami 10 chempionlikni rasmiylashtirib qo‘ygan.SHu sababdan klubdan ketishni istayotgandir?! Ammo ba’zi manbalarga ko‘ra, gap Levaning ketishiga boshqa sabablar ham bor.

 

Matbuotning yozishicha, Levandovski Yulian Nagelsmanning “Bavariya”dagi ishlaridan norozi bo‘lgan ikki yetakchisidan biri hisoblanadi. Yosh mutaxassis o‘z ishi bilan hujumchini hech qanaqasiga hayron qoldira olmagan. Bundesligadagi ikkita g‘alaba yaxshi natija, ammo klubning Yevropa arenalaridagi ishlarini unchalik ham yaxshi emasdek tuyulmoqda. Agar yakuniga yetgan mavsumda “PSJ”ning chorak final bosqichidayoq chiqib ketishini sababi “Real” bo‘lsa, myunxenliklarning "Vilyarreal"dan uchralgan mag‘lubiyatini tushunish qiyin. Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" 1/8 finalda "Zalsburg"ga birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lishga qaramay, o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l olgan edi. Ammo, 5:0 hisobidagi muvaffaqiyat klubning qanchalik irodali ekanligini ko‘rsatmadi, balki “Bavariya” ko‘plab tanqidlar ostida qolib ketdi.

Futbolchi ham, murabbiy ham o‘zaro mojaro borligini inkor etishdi, ammo qandaydir tushunmovchiliklar mavjudligi aniq.

Levandovski Erling Xoland bilan bo‘lgan voqea tufayli klubdan ketishga qaror qilgan ko‘rinadi. Matbuot xabariga ko‘ra, "Bavariya" norvegiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun "Manchester Siti" bilan oxirigacha kurashgan. Levandovski yosh emas, shuning uchun myunxenliklarning kelajak haqida o‘ylash istagini tushunsa bo‘ladi. Biroq, “Bavariya” bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qilishini hisobga olib, klub uning o‘rniga o‘rinbosar izlay boshlaganidan polshalik xursand bo‘lmadi. Levandovski dastlab "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan edi va jamoaning asosiy hujumchisi bo‘lib qolaverishga umid qilgan bo‘lishi mumkin, ammo Xoland bilan bo‘lgan voqea futbolchining rejalarini o‘zgartirib yubordi.

Polyakning agenti Pini Zaxavi shunday dedi: “Men sizlarga o‘tgan yilgi “latifa”ni aytib beraman. Men Myunxenga Oliver Kan (bosh direktor), Hasan Salihamidjich (sport direktori) va Marko Neppe (texnik direktor) bilan uchrashish uchun keldim. Men so‘radim: "Robert bilan shartnomani uzaytirish haqida nima deb o‘ylaysiz?". Bunga javoban sukunat hukm surdi. Na ha, na yo‘q, na ehtimol - shunchaki hech narsa deyishmadi! Yig‘ilish oxirida “Agar shunday bo‘lsa, keyingi yozda soting”, dedim. Ular: “Biz sotmoqchi emasmiz, lekin 120 milliondan ortiq taklif olib kelsangiz, gaplashib ko‘ramiz”, deyishdi. O‘sha paytda Xolandning narxi  barcha to‘lovlarni qo‘shib hisoblaganda shuncha chiqar edi”.

Levandovskining o‘zi "Barselona"ga o‘tishni xohlamoqda, buni Robertning o‘zi ham tasdiqlagan edi. Hujumchi FIFA reglamentida bunday imkoniyat borligi sababli “Bavariya” bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi. To‘g‘ri, goleadorning o‘zi buni istasa ham qilmasa kerak, chunki bunday yo‘l tutgan futbolchilarni diskvalifikasiya qilish xavfi mavjud. Biroq, bu Levandovskining niyati jiddiy ekanligiga ta’sir o‘tkazmaydi.

To‘g‘rirog‘i, Polsha terma jamoasi sardori va “Bavariya” o‘rtasidagi voqea janjal bilan yakunlangani biroz achinarli. Levandovskini klub afsonalaridan biri deyish mumkin, ammo, bu hikoya shunday yakunlansa, futbolchi va jamoa o‘rtasida iliq tuyg‘ular bo‘lmasligi aniq.

 

Jamshidbek Mahmudov tayyorladi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:39, 08.06.2022.
O'qildi: 4182 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.