“Jenoa” himoyachisi Domeniko Krishito yozda jamoani tark etadi.
Jurnalist Maykl Singning xabar berishicha, 35 yoshli italiyalik faoliyatini Kanadaning "Toronto" jamoasida davom ettiradi.
O‘tgan mavsum yakunida “Jenoa” A Seriyadan tushib ketdi. Keyingi mavsumni jamoa Italiyaning ikkinchi ligasida o‘tkazadi.