Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

Shaskix Timoshchuk haqida: «Ikkiyuzlamachi insonlarni tushunmayman»

Shaskix Timoshchuk haqida: «Ikkiyuzlamachi insonlarni tushunmayman»

Baho:
+ | -

Kiyevning "Dinamo" klubi sobiq futbolchisi, ayni paytda "Paxtakor" klubi sport direktori lavozimida ish boshlagan Maksim Shaskix Ukriana terma jamoasi sobiq sardori Anatoliy Timoshchuk haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Rossiya harbiylari Ukrainada jang qilishayotgan bo‘lsa-da, Timoshchuk Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi murabbiylar shtabida ishlashda davom etmoqda.

«Bu uning tanlovi va qarori. Demak, uning qalbi bo‘m-bo‘sh. U Ukraina terma jamoasi safida to‘p tepayotganida bayroqni mahkam tutdi, sardorlik bog‘ichini taqdi, boshiga va qo‘liga Ukraina ramzlari tushirilgan lentalarni taqdi, bayroqlar chizdi. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, uning qalbi bo‘m-bo‘sh ekan.

Ikkiyuzlamachi insonlarni tushunmayman. O‘ylashimcha, u Ukrainaga, uyiga va bu yerda yashash uchun qaytmoqchi emasdi. U barchasini tarozuga solib ko‘rib, o‘ylagan bo‘lishi mumkin: "Mayli, men haqimda bir-ikki oy gapirishadi-yozishadi, keyin esa unutishadi".

Shu paytgacha mavjud bo‘lgan vatanparvarlik qayoqqa yo‘qolib qolganini tushunish qiyin. Sen yo oxirigacha vatanparvar bo‘lib qol, yoki hammasi yaxshi bo‘lib turganida o‘zingni bunday ko‘rsatmasliging kerak edi», — dedi Shaskix.

Ma’lumot o‘rnida. Ukraina futbol federasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi mart oyida Timoshchukni murabbiylik lisenziyasi, sovrinlardan mahrum qilib, Ukrainada har qanday futbol faoliyatidan chetlatish haqida qaror chiqardi.

Manba: sportarena.com
Kiritildi: 18:31, 09.06.2022.
O'qildi: 4239 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик